Aleksandr Lukaşenko Konstitutsiyaga sobiq prezident va uning oilasi huquqlarini tartibga soluvçi özgartirişlarni kiritiş haqidagi qonunni imzoladi.
Özgartirişlarga köra, sobiq prezident va uning oilasi daxlsizlik, umrbod qöriqlaş xizmati va davlat köçmas mulkidan foydalaniş huquqini saqlab qoladi.
Şuningdek, iste’fodagi prezident va uning oila a’zolari hokimiyat tepasida turgan paytda sodir etilgan jinoyatlar uçun javobgarlikka tortilmaydi.
Aktivlar, mulk, yozişmalar va umrbod qöriqlaş xizmatiga ega böliş huquqi daxlsizligiça qoladi. Bundan taşqari, sobiq davlat rahbari vafot etgan taqdirda, uni dafn etiş budjet mablağlari hisobidan amalga oşiriladi. Sobiq prezidentning özi iste’foga çiqqanidan söng, Butun Belarus Xalq Assambleyasi delegati va Respublika Kengaşining umrbod a’zosi böladi.
Özgartirilgan hujjat veb-saytda e’lon qilinmagan, ammo uni veb-arxivda topiş mumkin.
Aleksandr Lukaşenko Belarus Respublikasining yagona prezidenti bölib, 2020 yildagi saylovda yettinçi marta bu lavozimga saylandi. Uning vakolatlari 2025 yilda tugaydi, ammo Belarusda prezident çeksiz köp marta qayta saylaniş huquqiga ega.












