Klinik kuzatuvlar davomida Yonsey Universiteti mutaxassislari sochlari to‘kilayotgan odamlarning to‘qimalarida CXXC5 oqsili me'yordan yuqori bo‘lishini aniqlashdi. U DSH oqsili bilan birikib, soch follikulalari regeneratsiyasiga to‘sqinlik qiladi.
Tadqiqotchilar ikki oqsil birikmasini bloklovchi va yangi sochlarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi preparatni ishlab chiqishdi. O‘tkazilgan tajribalar davolash kurslari boshlanganidan 28 kun o‘tib sezilarli ijobiy o‘zgarishlar namoyon bo‘lganini ko‘rsatdi.
Manbaga ko‘ra, preparat ustidagi ishlar davom ettiriladi, zero u butunlay sochsiz qolgan kishilar uchun hozircha samarali emas.











