Har soatda Tesla yarim million dollar yöqotmoqda. Bunday sur'atlarda kompaniya kelgusi yilning 6 avgustiga borib pulsiz qoladi, deb yozadi Bloomberg.

Sönggi yil mobaynida Tesla daqiqasiga 8 ming dollar yoki soatiga 480 ming dollarni «yoqib» yuborgan. Bunday sur'atlarda kompaniyaning puli 6 avgustga borib tugaydi. Kompaniyaning fikriça, qaçonki Model 3 savdosi boşlansa vaziyat yaxşi tomonga özgarişi mumkin. Investorlarni esa bu hol aslo çöçitayotgani yöq, seşanba kuni uning aksiyalari 3 foizga oşib, 317.81 dollarga yetgan va kompaniya kapitalizatsiyasini 53 milliard dollargaça oşirgan. Taqqoslaş uçun: Ford’niki — 48 mlrd. dollar.

Lekin mablağlarga bölgan talab Maskni mijozlardan faqat bir-ikki yildan keyin yetkazib beriladigan avtomobillar uçun oldindan tölov qilişni söraşga majburlamoqda. Tesla Roadster The Founders Series 250 ming dollar turadi, bunaqa maşinalarning mingtasi kompaniyaga çorak milliard pul keltiradi. Bu esa yomonmas.

Lekin bu yaqin kelajakda foyda keltirişi dargumon bölgan Model 3’ni işlab çiqarişga yotqizilgan milliard dollar sarmoyalarni har çorakda yamlab yuborayotgan Tesla moliyaviy ehtiyojlari yoniga yaqin ham yölolmaydi.

«10 oymi, bir yilmi qarab turişlaridan qat'i nazar, Maskka hozir va imkon qadar tezroq pul kerak», — deydi Bloomberg Intelligence katta tahlilçisi Kevin Taynan, 2018 yil yarmigaça Tesla kamida ikki milliard dollar jalb qilişi kerakligini baholar ekan.

Tesla mart oyi söngigaça 5 ming dona Model 3 ni işlab çiqariş uçun pullari yetarli ekanligini aytib ötgan. «Şu sanadan söng kompaniya operatsion faoliyatdan yetarli miqdordagi pul oqimlarini generatsiya qilmoqçi», — deyiladi kompaniyaning aksiyadorlarga 1 noyabrda yöllagan maktubida. Tesla matbuot kotibi Deyv Arnold esa izoh berişdan boş tortgan.

Tesla’da variantlar juda kam. Kompaniya şundoq ham maksimum darajada kredit olib bölgan, obligatsiyalar bozori esa ayni paytda eng maqbul manba hisoblanmaydi. Uç oy muqaddam Tesla’ning 1,8 milliard dollar miqdoridagi qarzini sotib olgan investorlar esa qimmatbaho qoğozlarga sarflangan har bir dollar 93,88 sentga oşib, «tub»dan kötarilgan bölsa-da, hamon zarar körişmoqda.

Bularning barçasi içida yaşab qoliş uçun çora sifatida aksiyalarning savdoga çiqarilişi mumkinligi anglatadi, bu aksiyadorlarning uluşi suvalib ketişiga zamin yaratadi. Ularning eng asosiysi esa Ilon Maskning özi (u 20 foiz aksiyaga egalik qiladi).