Özbekiston va Qozoğiston örtasida aviareyslar sonini oşirişga kelişib olindi. Qozoğiston Investitsiyalar va rivojlaniş vazirligi (IRV)ning Fuqarolik aviatsiyasi qömitasi (FAQ) matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
"Qozoğiston Respublikasi IRVning Fuqarolik aviatsiyasi qömitasi va Özbekistonning aviatsiya ma'muriyati, şuningdek ikki mamlakat aviakompaniyalari örtasidagi muzokaralar natijasida aviareyslar sonini oşiriş borasida kelişuvlarga erişildi", - deyiladi idoraning Facebook sahifasida.
Şu tariqa Qozoğistonning "Air Asatana" aviakompaniyasi 2017 yilning dekabridan Olmaota-Toşkent yönalişidagi reyslarni haftasiga 6tadan 7taga va Ostona-Toşkent yönalişidagi reyslarni haftasiga 3tadan 4tagaça oşirişni rejalaştirmoqda.
Öz navbatida, "Özbekiston havo yöllari" aviakompaniyasi Qozoğistonga amalga oşiriladigan reyslari sonini 2017 yilning dekabridan Toşkent-Olmaota yönalişida haftasiga 6tadan 7taga va 2018 yilning 4 martidan Toşkent-Ostona yönalişida haftasiga 3tadan 4tagaça oşirişni rejalaştirmoqda.
"Natijada mamlakatlar örtasidagi reyslarning umumiy soni haftasiga 22 reysni taşkil qiladi, şu tariqa, yölovçilar Toşkentdan Olmaotaga kuniga ikki marta, Ostonadan esa kuniga bir marta parvoz qilişlari mumkin böladi. Kelgusida Samarqand, Buxoro va Urganç şaharlariga ham aviareyslarning yölga qöyilişi rejalaştirilmoqda", - deyiladi xabarda.












