Misrning Sinay yarimorolidagi masjidda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 235 nafarga yetdi. Bu haqda Misr davlat televideniyesi ma'lum qildi. Halok bölganlar orasida bolalar ham bor, deb xabar bermoqda “Ar-Arabiya” telekanali.
130 ga yaqin odam yaralangan.
24 noyabrda Şimoliy Sinay viloyatining poytaxti Al-Arişdan 40 km uzoqlikda joylaşgan Ar-Raud aholi punktidagi masjidda juma namozi vaqtida portlaş sodir etilgan. Masjidni 4 ta maşinada qurşab olgan jangarilar portlaşdan keyin masjiddan yugurib çiqayotgan odamlarni öqqa tutganlar. Guvohlarning aytişiça, jangarilar, şuningdek, voqea joyiga kelayotgan tez yordam maşinalarini ham öqqa tutganlar.
Mamlakatda terakt qurbonlari xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilindi. Ayni vaqtda birorta ham terrorçilik guruhi uşbu terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.












