Toşkent viloyati IIB boşliği, polkovnik S.Nişonboyev Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşining navbatdagi sessiyasida hisobot berdi. U viloyat kesimida huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş borasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan deputatlarga axborot bergan. 

Ma'lumki, Prezident Şavkat Mirziyoyev viloyat, şahar va tumanlar içki işlar idoralari rahbarlarining xalq kengaşlarida hisobot berişi yölga qöyilişi taşabbusini ilgari surgan edi. Şunga binoan amalga oşirilgan uşbu hisobotda qayd etilişiça, tergov organlari tomonidan jami tamomlangan jinoyat işlari böyiça aybdor şaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlangan. 

Qotillik, qasddan badanga oğir, örta hamda yengil şikast yetkaziş, nomusga tegiş, bosqinçilik, talonçilik, bezorilik jinoyatlari kamayişiga erişilib, mahalla posbonlari bergan xabarlarga asosan 176 ta jinoyat foş etilgan. 249 ta jinoiy guruhlar tarkibida iştirok etgan 628 şaxsning sodir etgan 387 ta jinoyati foş etildi.

Nişonboyevning e'tirof etişiça, viloyatda ayrim toifadagi jinoyatlarning oldini oliş borasida profilaktik işlarni kuçaytiriş lozim. Jumladan, öğrilik, firibgarlik, avtotransport vositasini olib qoçiş, yöl transport hodisalari bilan boğliq 
jinoyat turlari oşgan.

Tahlillarning körsatişiça, ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning asosiy qismi oiladagi nizolar tufayli sodir etilmoqda. Xususan, ayollar tomonidan sodir etilgan qotillik, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyatlari turmuş va birga hayot keçiriş masalalaridan, yaqin qarindoşlari örtasidagi kelişmovçiliklar natijasida kelib çiqqan.