Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 22 noyabrda avtomobil sporti markaziga taşrif buyurib, poyga maşinasini boşqarib kördi.
Ta'kidlanişiça, Turkmaniston içki işlar vazirligi yangi poyga maşinalari sotib olgan. Prezident bu maşinalarning qanday yurişini şaxsan özi sinab körişga qaror qilgan. U sportkarlarni taşqi tomondan közdan keçirib çiqib, söngra qöliga çarm qölqoplar kiyib, ulardan birining ruliga ötirgan.
Berdimuxamedov maşinada maxsus trekda bir neçta davrani bosib ötib, söngra konus atrofida drift bajargan.
Videoga Need For Speed: Underground 2 poyga öyinidagi Terror Squad ft Fat Joe — Lean Back musiqiy treki qöyilgan.
“Turkmaniston bugun” axborot agentligi Berdimuxamedov Alfa Romeöni sinovdan ötkazganini ma'lum qilgan. Biroq rolikda avtomobil rulida BMW logotipini köriş mumkin.
Qayd qiliş joizki, Turkmaniston prezidenti bir neça marotaba avtopoygalarda iştirok etib, professional poygaçilarni doğda qoldira olgan. Turkmaniston OAV vaqti-vaqti bilan prezidentning ot minib Aşxoboddagi quriliş işlarini közdan keçirayotgani, velosipedda basketbol öynaşi va içki işlar strukturalari uçun maşğulotlar ötkazayotgani videolarini namoyiş qilib keladi.











