Bir necha yil avval mutaxassis, Yyel menejment maktabi professori Emi Vjyesnevskiga shu mavzu bo‘yicha savol berganman va uning bergan izohi menga ancha ishonchli tuyulgan. Vjyesnevskining so‘zlariga ko‘ra, talabalar "ular uchun atalgan ish tosh ostida yashirin va agar toshlar birin-ketin ag‘darilsa, oxir-oqibat topiladi, deb o‘ylashadi".

Harvard Business Review nashri "The Power of Meaning: Crafting a Life that Matters" ("Mazmun  qudrati: Ma'no kasb etuvchi hayotni yaratish") kitobi muallifi, Stenford universiteti qoshidagi Guverov institutining Ben Franklin Circles loyihasi rahbari Emili Esfaxani Smitning ishidan qoniqish hosil qilmasa-da, samarali ishlash mumkinligi haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

So‘rovnomalar milliyeniallar uchun ishdan ma'no topish yuqori ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatmoqda. Biroq, Vjyesnevski tadqiqotining ko‘rsatishicha, sevimli ishi bilan shug‘ullanuvchilar soni 50 foizdan kamroqni tashkil qiladi. Uning aksariyati talabalari uchun yaxshi ish va muvaffaqiyatli karera haqidagi o‘y-fikrlar - tashvish, pushaymon va mutlaq qoniqmaslik manbai.

Ular, taxminimcha, aksariyatimiz ish orzuimizdagidek bo‘lmasa ham, ongli bo‘lishi mumkinligini anglab yetmaymiz. AQShdagi eng keng tarqalgan kasblar - sotuvchi, hisobchi, oshpaz, ofitsiant va ofis klerki. Ular kamdan-kam holatlarda "onglilik" bilan bog‘liq, biroq bu kasb egalarining o‘qituvchilar va shifokorlar faoliyati bilan bog‘liq joyi bor.  Ularning bari odamlarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.

O‘z ishini birovga foyda keltirish uchun imkoniyat sifatida qabul qiladiganlar esa, ko‘pincha o‘z ishinidan qoniqish hosil qiladi, deya ta'kidlamoqda Pensilvaniya universiteti qoshidagi Uorton biznes maktabi professori Adam Grant.

Foto: Harvard Business Review

Bu deyarli barcha kompaniyalarda ishlab, har qanday lavozimni egallab, ma'no topish mumkinligini bildiradi. Oxir-oqibat, aksariyat tashkilotlar hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun tovar va xizmatlarni ishlab chiqadi va bunda har bir xodim u yoki bu darajada ishtirok etadi. Asosiysi - kompaniyangiz va o‘zingiz aynan qanday xizmatni taqdim etayotganingizni tushunish.