Angliyaning ikkinçi divizioni sanalgan Çempionşipning 19-turi doirasidagi «Norviç» – «Preston» (1:1) uçraşuvi tugatilmay qolişi mumkin edi. Sababi öyin laynsmenlaridan biri Mark Jons uçraşuv vaqtida jarohat olib bahsni davom ettira olmaydigan böldi.

Natijada zaxira hakami Endi Devis uning örnini egallaşiga töğri keldi. Öz navbati uning örniga «kanareykalar»ning oddiy muxlisi Devid Tornhill taklif etildi.

Tornhill havaskorlar örtasidagi turli uçraşuvlarni boşqariş tajribasiga ega bölgan. Unga öşa vaqtning özidayoq tablodan qanday foydalanişni örgatişgan, şundan söng uning birinçi işi öyinning asosiy vaqtiga 10 daqiqa qöşib beriş bölgan.

Tornhill «Norviç»ning köp yillik fanati sanaladi. U jamoaga 1982 yildan buyon işqibozlik qilib keladi. Qiziq tomoni u öşa uçraşuv uçun çiqarilgan öyin dasturnomasi qahramoni bölgandi.