SpaceX’dagi sobiq amaliyotçi Saxil Guptaning ma'lum qilişiça, milliarder Ilon Mask Satoşi Nakamoto taxallusi ostida bitkoinni yaratgan. Bu haqda Cryptocoinsnews xabar bermoqda.
Gupta öz sözlari rost ekanini tasdiqlaş maqsadida aytişiça, Mask bitkoinni yaratiş jarayonida qöllanilgan C ++ dasturiy tilini juda yaxşi tuşunadi.
Bundan taşqari, Maskda «global muammolarga yeçim topiş böyiça qat'iylik» bor. Aniqlik kiritilişiça, bitkoin 2008 yilgi jahon moliyaviy inqirozi vaqtida, markazlaştirilmagan valyuta sifatida yaratilgan.
Şuningdek, SpaceX egasi bitkoin haqida heç narsa demaydi va kriptovalyuta haqidagi yangiliklarga izoh berişni yoqtirmaydi.
Guptaning bildirişiça, Maskning bitkoinni yaratganidan keyin olişi mumkin bölgan mablağlarga ehtiyoji yöq. Mask bitkoinning bugungi kursi hisobga olinsa, uni sotişdan taxminan 8 mlrd dollar olişi mumkin, bu uning rasmiy kapitali – 19,7 mlrd dollardan ikki barobarga kamroq.
Öz navbatida agentlik bir neça aksil-dalillarni keltirgan. Birinçi galda, Cryptocoinsnews fikriga köra, 2008 yil SpaceX va Tesla uçun «eng yomoniga» aylangan, bu Maskka bor e'tiborini loyihaga qaratişga xalaqit bergan bölardi.
Bundan taşqari, Mask jurnalistlarning doimiy kuzatuvida, uning barça faoliyati nazardan çetda qolmaydi. Hamda uçinçidan, milliarderning bitkoin haqidagi bayonoti uning kursiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Maskdan intervyularning birida kriptovalyuta haqida söraşgan. Öşanda u bitkoinni «nisbatan yaxşi narsa» deb hisoblaşi, biroq u noqonuniy tranzaksiyalar uçun ham vositaga aylanişi mumkinligini aytgandi.












