Dam oliş kunlari bizga işdan çalğiş va oila hamda döstlar davrasida hordiq çiqariş uçun beriladi. Ammo bu borada qonunçilikdagi öziga xos jihatlarni bilmaslik, dam oliş huquqidan mahrum etişi mumkin, deb yozmoqda Norma.uz.
Qonunçilikda dam oliş vaqtiga şunday ta'rif berilgan: “Dam oliş vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarişdan holi bölgan va bundan u öz ixtiyoriga köra foydalanişi mumkin bölgan vaqtdir” (MK 126-modda). Sirasini aytganda, odamning iş joyida bölmagan va iş haqida öylamagan holati dam oliş hisoblanadi.
Agar Sizning kasbingiz dam oliş va bayram kunlarini iş rejimida ötkazişni taqozo qiladigan bölsa, deylik, boşlovçi yoki töy taşkilotçisi bölsangiz — bu sizning tanlovingiz sanaladi, ya'ni pul işlab topiş uçun Siz ixtiyoriy ravişda tanlagan usul. Ammo dam oliş kuni işga çiqiş söralganlar yoki şunga majbur etilganlar-çi? Ular qanday yöl tutişi kerak?
Birinçidan, bunday taklifga heç ikkilanmay, rad javobini beriş mumkin. Çunki qonunçilikka köra, taşkilot yoki korxonalar va tadbirkorlar dam oliş kunlari yoki bayram kunlari öz xodimlarini işlatişi taqiqlangan (MK 130-modda).
Ikkinçidan, iş beruvçining farmoyişi böyiça ayrim xodimlarni dam oliş kunlari işga jalb etişga alohida hollardagina, jamoa şartnomasida, agar u tuzilmagan bölsa, — iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişib belgilangan asoslar böyiça va tartibda yöl qöyiladi.
Quyidagi xodimlarni dam oliş kunlari işga jalb etişga yöl qöyilmaydi:
• homilador ayollarni va 14 yoşga tölmagan bolasi (16 yoşga tölmagan nogiron bolasi) bor ayollarni (MK 228-modda);
• 18 yoşga tölmagan şaxslarni (MK 245-modda);
• nogironlarni (dam oliş kunlaridagi işlarga jalb qilişga ularning roziligi bilangina, başarti ular uçun bunday işlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bölsa, yöl qöyiladi) (MK 220-moddasi 5-qismi).
Bundan taşqari, garçi dam oliş yoki bayram kuni işga çiqişga rozilik bergan bölsangiz-da, uşbu holatning ijobiy tomoni ham mavjud: iş beruvçi Sizning rejalaştirilmagan işingizni ikki hissa qilib qoplaşi yoki dam olişingiz uçun boşqa biror kunni taklif etişi darkor (MK 157-modda).
Kompensatsiyaning aniq miqdori esa jamoa şartnomasida, agar u tuzilmagan bölsa, — iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişgan holda belgilanişi közda tutilgan. Bayram yoki dam oliş kunidagi iş yoxud iş vaqtidan taşqari bajarilgan iş uçun boşqa dam oliş kuni berilgan taqdirda, bunday işlar uçun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi tölanadi.












