Fransiyalik tennisçilar joriy mavsumdagi Devis kubogining ğoliblari böldilar. Fransiya terma jamoasi bu unvonni 10-marta qölga kiritdi.

Musobaqa finalida fransuzlarga Belgiya terma jamoasi tennisçilari qarşilik körsatişdi. Hal qiluvçi öyinda fransuz Lyuk Puy raqibi Stiv Darsisni 6:3, 6:1, 6:0 hisobida işonçli tarzda mağlub etdi.

Umumiy hisob esa Fransiya hisobiga 3:2 körinişga keldi.

Fransiya terma jamoasi oxirgi marta bu unvonni 16 yil oldin qölga kiritgandi. Frantsuzlar 1927 yildan 1932 yilgaça kubokka qatorasiga 6 yil egalik qilişgan.

2016 yilda kubokni Argentina qölga kiritgandi.