Ijtimoiy tarmoqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning iyun oyida Farğona viloyatiga amalga oşirgan taşrifi çoğida ötkazilgan yiğilişiga oid navbatdagi batafsil video tarqaldi.
Prezident majlis davomida viloyat hokimi örinbosarlari, soliqçilar, prokurorlar va boşqa rahbar xodimlarni birma-bir tergagan va tanqid qilgan.
35 daqiqadan köproq vaqt davom etgan yangi videoda Şavkat Mirziyoyev, ayniqsa, moliya tizimi vakillarini ayovsiz tanqid qilayotganini köriş mumkin. Prezident Rişton tumani hokimining birinçi örinbosariga yuzlanadi.
«Boş vazirning örinbosarini, sizning rahbaringizni almaştirdim. Çunki uning oyoği yerdan uzilgandi, odamlar bilan işlaşga toqati yöq edi. Faqat qoğoz bölsa, oliyjanob gaplar bölsa. Şuning uçun iqtisod öldi.
Sakkiz foizmiş. Sakkiz foizlik ösiş bölgan davlatda tuberkulyoz bölmaydi. Tuberkulyoz - ovqat yemagandan böladigan kasallik», degan prezident.
Prezident yiğiliş davomida tuman hokimi örinbosari Anvarjon Xoliqovni işdan böşatgan.
Hamsuhbatidan oldin qaysi işda işlaganini sörab, u Moliya bölimi boşliği bölganini bilgaç, prezident uni iste'foga çiqarişini aytadi.
«Moliya bölimi boşliği bölsang, kasalsan. Moliyaning avvalgi rahbarlari hammasi kasal bölgan. Faqat balandparvoz gaplar. Men bugun seni işdan olaman, boşqalarga ibrat bölsin. Bunday balandparvoz gapiruvçilar bilan işlaşga toqatim yöq. Prezident bilan uçraşuvga nega tayyorgarlik qilmagansan, nega aniq rejalaring yöq. Faqat umumiy gaplar.
Bu "detsad" emas, davlat bu. Qölidan kelmaydiganlar joyini böşatib qöysin», degan prezident.
Şundan söng, prezident viloyatdagi barça tumanlarning rahbar vakillari boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorovga hisobot berişi kerakligini, yöqsa ular ham işdan ketişidan ogohlantirgan.
Ötgan oyda uşbu yiğilişdan 10 daqiqalik video ham tarqalgan, unda prezident soliqçilarni qattiq tanqid qilayotgani tasvirlangandi.













