Meredith Corporation birlaşmasi Time Inc. naşriyotini 1,8 mlrd. dollarga sotib olişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xabar qilinişiça, kelişuvda milliarderlar Çarlz hamda Devid Koxi iştirok etadi. Ular Meredith’ga Time’ni «yutib yuborişi» uçun 650 mlrd. dollar taklif etişgan.

Agentlikning ta'kidlaşiça, Time qarzi hisobga olinganda kelişuv miqdori 2,8 mlrd. dollarga qadar oşadi. Meredith naşriyot aksiyalarini bir donasi uçun 18,50 dollar narxida sotib oladi.

Time Inc. – AQŞ va Buyuk Britaniyada jurnallarni çop etuvçi eng yirik naşriyotdir. U Time Warner Inc. birlaşmasi tarkibiga kiradi.