15 yil ilgari menejment haqidagi kitoblar muallifi Jim Kollinz kuçli rahbar faoliyatini ğildirakni aylantirişga qiyoslagan. Şunçaki yaxşi kompaniyadan ilğor kompaniya darajasiga ötişni birgina harakat bilan amalga oşirib bölmaydi, - deb yozadi u 2001 yilgi kitobida. - Aksinça, jarayon ulkan, oğir ğildirakni aylantirişni yodga soladi: bir yönalişda, asta-sekinlik bilan harakatlanib, nihoyat töplangan salohiyat siz uçun işlay boşlaydigan darajaga yetadi va kompaniya şiddat bilan ösiş davriga ötadi. Kollinzga köra, ğildirak öz aylaniş tezligini saqlab qolişga harakat qiladi, deb yoziladi Harvard Business Review'da.

Ajablanarli tarzda ötgan yilgi reytingga öxşaş 2017 yilning eng yaxşi 100 boş direktori reytingida inersiya kuçi seziladi. Yetakçilar uçligidagi ikki kişi, top-25'dagi 16 kişi va top-100'dagi 72 kişi reytingdagi  pozitsiyasini saqlab qolgan. Joriy yilda röyxatdan tuşib qolgan 28 kompaniya rahbaridan 11 nafari iste'foga çiqqan, qolgan 17 nafari, jumladan Heineken va Vodafone rahbarlari esa aksiyalar narxi pasayişidek jiddiy muammoga duç kelişgan. Röyxatdagi 100 boş direktor örtaça 17 yilda öz aksiyalarini 2507 foizga, ya'ni yiliga 21 foizlik daromad bilan ta'minlaşgan.

Bunday doimiylikka izoh bor. Sub'yektiv baholar yoki qisqa muddatli natijalarga asoslangan reytinglardan farqli ölaroq, röyxat boş direktorning töliq iş faoliyati samaradorligining obektiv körsatkiçlarini inobatga oladi. Biz reyting tuzişni uzluksiz jarayon deb hisoblaymiz va hisoblaş usullarini takomillaştiriş yöllarini izlaymiz - biroq bu yili biz özgarişlar kiritmadik, kutilmagan sovğalarning yöqligi ham şu bilan izohlanmoqda.

Joriy yilda reytingning eng oliy örnini ilk marta Zara, Pull&Bear, Massimo Dutti, Bershka, Stradivarius, Oysho va Uterqüe, şuningdek Zara Home tarmoqlarini boşqaruvçi Pablo Isla (Inditex) egalladi. Isla öz lavozimiga kirişgan vaqtdan boşlab (2005 yil) Inditex'ning global ekspansiyasini ötkazdi, unga köra esa, kuniga örtaça bittadan dökon oçildi. Bu taşkilotning bozor narxini oşirdi: u Ispaniyaning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Isla köp vaqtini dökonlarda ötkazadi, biroq matbuot e'tiborini çetlab ötiş maqsadida oçiliş marosimlarida kamdan-kam holatlarda qatnaşadi. Pablo Isla yiğilişlar örniga iş joylariga taşrif buyurişni afzal köradi: u şu tariqa yirik kompaniyadagi tadbirkorlik madaniyatini qöllab-quvvatlaşga harakat qiladi.