Jahon hamjamiyati Zimbabveda hokimiyat özgarganiga bu mamlakatga qarşi sanksiyalarni bekor qiliş bilan reaksiya bildirişi kerak. Bu haqda BMTning demokratik va adolatli xalqaro tartibni ma'qullaş masalasi böyiça mustaqil eksperti Alfred Moris de Zayas va bir tomonlama majburiy çoralarning salbiy ta'siri masalasi böyiça inson huquqlariga oid maxsus ma'ruzaçi Idris Jazoiriyning qöşma bayonotida aytiladi.
Ular Zimbabveda hokimiyatning özgarişi qon tökilişisiz keçganini alohida ta'kidlaşgan. "Robert Mugabening iste'foga çiqişi yangi davr boşlanganidan darak beradi, u demokratiya va qonun ustuvorligiga asoslangan bölişi lozim", - deyiladi bayonotda. "Biroq bu iqtisodiy majburlaş ta'siri ostida röy bermaydi", - deya ta'kidlaydi BMT ekspertlari. Ular "sanksiyalar siyosiy özgarişlarga emas, balki oddiy insonlarning aziyat çekişiga olib kelganini" eslatişgan.
"Ayni damda siyosiy muloqot va iqtisodiyotni tiklaş vaqti keldi", - deydi de Zayas va Jazoiriy. "Biz xalqaro hamjamiyatni Zimbabve bilan iqtisodiyot hamda moliyaviy tizimni tiklaş ustida işlaşga çaqiramiz", - deya ta'kidlanadi hujjatda.













