“Formula-1” taşkilotçilari poyganing yangi logotipini taqdim qilişdi. Avvalgi logotip 1993 yildan joriy yilgaça qöllanib kelingandi. 24 yil içidagi ilk yangi ramz keyingi mavsumdan qöllana boşlanadi.

Logotip Abu-Dabida ötgan joriy mavsumdagi oxirgi bosqiçdan keyin namoyiş qilindi. Uşbu logotip poyga tarixidagi törtinçisidir. Birinçi logotip 1950 yildan 1986 yilgaça, ikkinçisi esa 1987 yildan 1993 yilgaça qöllangan.

2017 yil boşida poyganing rahbariyati özgardi. Çempionatga uning köp yillik rahbari Berni Ekklstoun örniga Çeyz Kerri rahbarlik qila boşladi. Kerrini rahbar etib poyganing yangi egasi – AQŞning Libery Media korporatsiyasi tayinlagan. Kerriga Şon Bratçes (ESPN vitse-prezidenti) hamda Benetton, Ferrari va Brawn GP jamoalarining sobiq texnik prezidenti Ross Braun kömaklaşadi.

2021 yildan poyganing bolidlar motorlariga qöyiladigan qoidalari özgartiriladi. Bolidlarning gibrid motorlari soddaroq, tovuşi balandroq va arzonroq böladi. Bölğusi qoidalar hamma jamoalar tomondan ham ijobiy qabul qilinmadi. Misol uçun, yangi motorlarga ötişni Renault va Mercedes jamoalari tanqid qilgan.