Germaniyaning Altena şahri burgomistri Andreas Holştaynga hujum qilişdi. Mahalliy "Velt" naşrining yozişiça, şahar rahbari şaurma oliş uçun navbatda turganida uning oldiga mast kişi kelib, çindan ham şahari meri ekanligi yoki yöqligi haqida söragan.

Holştayn Altena rahbari ekanini aytgaç, notaniş kişi unga piçoq bilan taşlangan. Bu hodisadan keyin Holştayn zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan.

Hozirda uning hayotiga heç narsa xavf solmayotgani aytilmoqda. Hujumni 57 yoşli Germaniya fuqarosi amalga oşirgan. Uni qölga olişayotganida siyosatçining şa'niga yomon sözlarni işlatgan. Politsiya bu hujum sodir bölişiga Holştaynning siyosiy qaraşlari sabab deb öylamoqda.

Köpçilik mahalliy aholi vakillariga uning muhojirlarga bölgan iliq munosabati va ularni bajonidil öz şahriga qabul qilişi yoqmaydi.