FIFA Rossiyada ötadigan jahon çempionatining rasmiy plakatini taqdim qildi.

Plakat markazidan futbol tarixida “Oltin töp” olgan yagona darvozabon (1963 yil), afsonaviy Lev Yaşin surati joy olgan.

FIFA boş kotibi Fatma Samura plakat taqdimotiga izoh berdi.

“JÇ-2018’ning rasmiy plakati Rossiyaning badiiy va futbol merosining aksi hisoblanadi. Biz futbol uçun afsonaviy şaxsni şaraflaydigan va Rossiyadagi jahon çempionati yaqinlaşayotganining ramziy işorasi bölgan bu ajoyib va muhim asardan faxrlanamiz”, deb aytilgan FIFA bayonotida.

Jahon çempionatida Rossiyadan taşqari, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Riki, Polşa, Misr, Islandiya, Serbiya, Fransiya, Portugaliya, Panama, Urugvay, Kolumbiya, Argentina, Marokaş, Tunis, Senegal, Şveytsariya, Xorvatiya, Şvetsiya, Daniya, Avstraliya, Peru terma jamoalari iştirok etadi.

Uçraşuvlar Moskva, Peterburg, Kaliningrad, Samara, Yekaterinburg, Volgograd, Rostov-Don, Qozon, Nijniy Novgorod, Soçi, Saransk şaharlarida 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligaça bölib ötadi.