2017 yilning 30 noyabr – 1 dekabr kunlari Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya Soçi şahrida (Rossiya) bölib ötadigan Şanhay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengaşining (boş vazirlar) 16-yiğilişida iştirok etadi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Hindiston, Pokiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Özbekiston hukumatlari rahbarlari mintaqa va jahondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almaşişadi, ŞHT doirasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning keng kölamdagi masalalari, Taşkilotga a'zo davlatlarning köp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining bajariş böyiça Tadbirlar rejasining amalga oşiriş jarayoni va köp qirrali kun tartibining boşqa masalalari muhokama qilinadi.

Şuningdek, yiğilişda kuzatuvçi davlatlar – Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston vakillari, ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining Ijroiya qömitasi, Işbilarmonlar kengaşi va ŞHTning Banklararo birlaşmasi Kotibiyat rahbarlari hamda qator xalqaro hamda mintaqaviy taşkilotlar vakillari iştirok etadi.