Dunyodagi eng ommaviy va qimmat turuvçi kriptovalyuta bölgan bitkoinning kursi 28 noyabrdagi savdolar vaqtida 10 ming dollardan oşdi.
Coinmarketcap.com ma'lumotlariga köra, 28 noyabrda bitkoin narxi 10200 dollarga yetib, yangi tarixiy rekordni qayd qildi.
Umuman olganda, bitkoin kursi yil boşidan 10 martadan köproqqa qimmatlab, uning kapitallaşuvi 167 mlrd dollardan oşdi. Kriptovalyutalar bozorining umumiy kapitallaşuvi esa 310 mlrd dollardan köproqqa yetdi.
Bir qator mutaxassislar bitkoin kursi bunday çöqqiga erişişini kutgandilar, biroq bu yil oxirida yuz berişini prognoz qilgandilar. Biroq oxirgi kunlarda bitkoin kursining jadal qimmatlaşişi bu darajaga erişişni tezlaştirib yubordi, vaholanki 24 noyabrda bitkoin kursi 8 ming dollar atrofida bölgan.
“Blokçeyn-texnologiyalar bilan qiziqayotgan va bitkoinga mustahkam aktiv sifatida işonayotgan sarmoyaçilar soni oşmoqda – kriptovalyutalar bozoriga borgan sari köproq mablağ kiritilmoqda. Unga bank sektorining yirik öyinçilari ham, avtomobilsozlik kompaniyalari ham, Amazon kabi yirik kompaniyalar ham kirmoqda. Bitkoinning narxi ana şu sababli ösmoqda”, deb fikr bilddirdi Tokenbox tahlilçisi Igor Doganov.
Şu bilan birga, uning aytişiça, kriptovalyutalar bozorining özgarişi bir qator hodisalarga boğliqdir. Jumladan, bitkoin bu kriptovalyutaga fyuçerslar joriy qilinişi kutilişi bilan boğliq ravişda qimmatlaşmoqda.












