Qirğizistonning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekov 29 noyabr kuni Rossiya tomoni taklifiga köra Rossiya Federatsiyasiga özining ilk xorijiy taşrifi bilan keldi. Bu haqda qirğiz davlati prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Sooronbay Jeenbekov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazadi.
Tomonlar Qirğiziston-Rossiya ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantiriş, şuningdek, Yevroosiyo makonida integratsion birlaşmalar doirasidagi özaro aloqalarni muhokama qiladi.
S.Jeenbekov amaliy taşrif doirasida Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan ham uçraşadi.

Keyinçalik S.Jeenbekov Belarusga amaliy taşrif bilan borib, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining Kollektiv xavfsizlik kengaşi navbatdagi sessiyasida iştirok etadi.












