AQŞ prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya yana ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga qoldi. Bu safar foydalanuvçilar yangi yilga tayyorgarlik körayotgan Oq uyning içidagi uslub ustidan kulişgan. Bu haqda Times xabar bermoqda.

Foydalanuvçilarni Melanya Tramp matbuot kotibi Stefani Grişemning surati ayniqsa hayratlantirgan. Grişem qoronği yölak fotosuratini e'lon qildi, uning har ikki tomonida esa pastki qismidan yoritilgan quruq şoxlar turibdi. Internetda yölakni «Narniya xronikasi», «Favn labirinti» yoki «Yoğdu» kabi fantastik va xorror-filmlar uçun ajoyib dekoratsiya sifatida qabul qilişgan.

Ba'zilar esa dekoratsiyalarni AQŞ prezidentining qizi Ivanka Tramp tomonidan Şukrona kuni uçun foydalanilgan noodatiy bezaklar bilan taqqoslaşdi.