Barça masjidlar Allohniki, masjidlar mening uyim degan Parvardigori olamga beadad hamdu sanolar bölsin. Masjid jannat boğçalaridir deb bizlarni töğri yölga boşlagan Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamga çeksiz durudu salovotlar bölsin.

Payğambarimiz Muhammad mustafo sallallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: “Masjidlarni quringlar va undan axlatlarni çiqaringlar. Kimiki Xudo uçun masjid qursa, Alloh taolo u uçun jannatda bir qasr quradi va masjiddan axlatlarni terib oliş bu jannatdagi huru aynlarning mahridir”, deganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Bir habaş erkak yoki ayol bor edi. Doimo masjiddagi axlatlarni, ortiqça narsalarni çiqarib yurar edi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni körmaganlari uçun söradilar. Sahobalar, Yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u kişi vafot etdi – dedilar. Şunda Payğambarimiz sallallohu alayhi va sallam xafa bölib dedilarki: “Nima uçun menga aytmadingizlar? Qani qabrini menga körsatinglar”, deb qabr boşiga borib janozasini öqidilar. Demak, masjid quriş, uni obod etiş, pokiza saqlaşlik uluğ savoblik işlardan ekan.

Masjid - möminlar Allohga ibodat qiladigan, qalbi orom oladigan, gunohlardan tavba qiladigan, dunyo va oxirat yaxşiliklarini talab qiladigan, duolar qilinadigan muqaddas dargohdir. U joyga borganlar ibodatdan foriğ bölganlaridan söng (masjid hovlisida) özaro körişişlari, bir-birlarini hollaridan xabar olişlari kerak. Masjid hovlisida ğiybat, böhton, birovlarning obrösini tökadigan sözlarni aytiş joiz emas, aks holda masjidning hurmati, ehtiromi yöqoladi. Masjidlarda janjallaşmoq, bahslaşmoq, baland ovozda gaplaşmoq, behuda sözlar bilan odamlarga ozor bermoq qat'iy man qilingan. Hattoki, masjidlarni oldidan ötganda ham uni hurmatini öz örniga qöyişga buyurilganmiz.

Masjidlar Allohning uyi, musulmonlar jam böladigan joy bölganligidan, u yerga boruvçilar ham çiroyli, toza-pokiza kiyimlarni kiyib, iloji bölsa, misk, yaxşi hid taratadigan xuşböy atirlar sepib borişlari talab etiladi. Namozxonlarga ozor beradigan nosvoy, sigaret, hatto halol bölsa ham badböy piyoz, sarimsoq piyoz kabi narsalarni iste'mol qilib masjidga boriş makruh sanaladi. Çunki odamlarga ozor beradigan sassiq hidlar fariştalarga ham ozor beradi. Alloh taolo bandalarini masjidga borişda yuvinib-taranib, xuşböylanib, ziynatlanib borişdan taşqari masjid içini, hovlisini, yon-atrofini, binosini obod qiliş, pokiza saqlaşga ham amr qilgan. Masjid musulmonlarning muqaddas dargohi bölganidan har bir musulmon uni avaylab, köz qoraçiğidek asraşi, binolariga ziyon-zahmat yetişining oldini olişi lozimdir.

Yuqoridagi hadisi şariflar, dinimiz körsatmalaridan bilib olsak böladiki, masjidlar Allohning uyi, muqaddas dargoh, uni bino qiliş, toza-pokiza saqlaş uluğ ibodatlardan hisoblanadi. Bizning ota-bobolarimiz ham şu hadislarga, dinimiz körsatmalariga amal qilib, masjidlarni doimo e'zozlab, hurmatlab kelgan. Sobiq ittifoq davrlarida ham bobo va momolarimiz aytar edi, masjid yoki qabriston oldidan ötganlaringda ehtiyot bölib, duo qilib ötinglar, nojöya harakatlar qilib, biron-bir zarar körib qolmanglar deb ta'kidlardi. Hozirgi kunda ham barça mömin-musulmon xalqimiz masjid yoki qabriston yonidan ötsalar qölini duoga oçib yaxşilik tilab ötadilar. Ota-bobolarimizdan bizgaça yetib kelgan bunday ulkan meros bugungi kunda ham unib-ösib kelayotgan kelajak avlodlarimizga bebaho boylik bölib xizmat qilmoqda. Xalqimizni bunday bebaho, sof e'tiqodi qon-qonimizga singib ketgan. Bu e'tiqoddan Allohim heç qaçon bizlari ayirmasin.