Reuters axborot agentligi Katerina Tixonova Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi ekanligining yangi tasdiğini topişga muvaffaq bölganini e'lon qildi.

2015 yil noyabrda Reuters axborot agentligi sport rok-n-rolli bilan şuğullanuvçi Katerina Tixonova Putinning qizi ekanligini ma'lum qilgandi. Axborot agentligi Putin va Tixonovani qarindoşlik riştalari boğlab turişini “Gazprombank”ning direktorlar kengaşi raisi örinbosari Andrey Akimov tasdiqlaganini ma'lum qilgan. Akimov maqola çiqqandan keyin “Gazprombank” matbuot xizmati orqali buni aytmaganini ma'lum qilgan va axborot agentligini “faktlarni buzib körsatişda” ayblagan.
“Innopraktika” jamğarmasi rahbari bölgan Tixonova Putinning qizi ekanligini jurnalist Oleg Kaşin va Bloomberg axborot agentligi ham ma'lum qilgan.
Endi esa agentlikka Tixonova va Putinning ota-bolaligini Xalqaro rok-n-roll federatsiyasining huquqiy masalalar böyiça vitse-prezidenti Manfred Moxab tasdiqladi.
Axborot agentligi Moxabdan Tixonova Putinning qizi ekanligidan xabari bor-yöqligi haqida söraganda u “Ha. Men uni bilaman, ha, albatta” deb javob bergan. Savol qayta söralganda Moxab boşini tasdiqlagandek qimirlatib, “Ha” deb javob qaytargan.
Moxab Akimovdan keyin Tixonova Putinning qizi ekanligini ommaviy ravişda tasdiqlagan birinçi odam böldi.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putinadan Mariya (1985) va Katerina (1986) ismli qizlari bor.












