Rossiyada ötkaziladigan JÇ-2018 öyinlariga 742 mingdan ortiq çipta sotildi, deb xabar bermoqda FIFA matbuot xizmati.
Taşkilotning ta'kidlaşiça, çiptalarning 53% rossiyaliklar tomonidan, 47% esa xorijliklar, asosan AQŞ, Braziliya, Germaniya, Xitoy, Meksika, Isroil, Argentina, Avstraliya va Angliya muxlislari tomonidan xarid qilingan.
Eslatib ötamiz, JÇ-2018 musobaqasida Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polşa, Misr, Islandiya, Serbiya, Fransiya, Portugaliya, Panama, Urugvay, Kolumbiya, Argentina, Marokaş, Tunis, Senegal, Şveytsariya, Xorvatiya, Şvetsiya, Daniya, Avstraliya va Peru terma jamoalari iştirok etadi.
Turnir Moskva, Peterburg, Kaliningrad, Samara, Yekaterinburg, Volgograd, Rostov-na-Donu, Qozon, Nijniy Novgorod, Soçi, Saransk şaharlarida ötkaziladi.












