Amerika kompaniyalari 2017 yilda taxminan 42 milliard dollarga qurol-yaroğ sotdi. Bu ötgan yilga nisbatan qariyb 10 milliard dollarga köproq, deyiladi AQŞning Mudofaa hamkorligi va xavfsizlik böyiça agentligi (DSCA) hisobotida.

«Sotuvlarning bunday ijobiy tendensiyasi hayratlanarli emas, sababi AQŞni butun dunyo böylab xavfsizlik sohasida hamkor sifatida tanlaşadi», - deya ma'lum qildi agentlik direktori Çarlz Xuper.

Ta'kidlanişiça, 32,02 milliard dollar xorijiy davlatlarga qurol sotiş orqali olingan bölsa, 6,04 milliard dollar AQŞ Davlat departamenti liniyasi böyiça harbiy yordam körsatiş dasturi doirasida moliyalaştirildi, Mudofaa vazirligi liniyasi böyiça – 3,87 milliard dollar miqdorida.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Davlat departamenti Polşa hukumatiga 500 million dollarlik qurol-yaroğlarni sotiş haqidagi qarorni tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.