Bitkoin kursi 10 ming dollarga yetgandan bor-yöği bir kun ötib 11 ming dollardan oşdi. Mutaxassislar 2018 yil boşida bitkoin kursi 30-50 foizga pastlaşi mumkinligidan ogohlantirişmoqda.
Şu tariqa, kriptovalyuta narxi bir kun içida 10 foizga, ya'ni ming dollarga oşgan. 24 noyabrda bitkoinning narxi 8 ming dollar bölgan. Bitkoin yil boşidan 11 martaga qimmatlagan, uning kapitallaşuvi 182 mlrd dollardan oşgan.
Mutaxassislar bitkoin kursining jadal qimmatlaşişini bozorga yangi pullar kelgani va bu kriptovalyutaga Çikagodagi birjada fyuçerslar yölga qöyilişi bilan boğlaşmoqda.
“Bitkoin kursi oşişiga Koreya, Yaponiya va AQŞ sarmoyaçilarining qiziqişi sabab bölmoqda. Ular aynan şu kunlar bitkoinni xarid qilişgan. Agar fyuçers, söngra ETF joriy qilinsa, bitkoin kursi yanada balandroq böladi”, deb aytgan Exante onlayn-broker ijroçi direktori.












