
Tez orada arxeologlar belkurak yoki ketmon yordamida yer ostida yaşirin qadimgi sivilizatsiya qoldiqlarini qidirib ötirişlariga hojat qolmaydi. Bunda ularga maxsus rentgen-közlar bilan ta'minlanuvçi, yer ostini köra biluvçi dronlar yordam beradi.
Dartmut kollejida arxeologiyani örganuvçi talabalar yaqinda qiziq bir kaşfiyot qilişdi. Ular Nyu-Hempşirdagi böm-böş dalada XVIII asrda öşa yerda joylaşgan Şeyker qişloği qoldiqlarini topişdi. Ular buni tepaliklarni belkurakda qaziş kabi eski usullardan foydalanmay, amalga oşirişdi. Yoş arxeologlar qörğonlar uzra maxsus şu tajriba uçun işlab çiqilgan uçuvçisiz qurilmani işga tuşirişdi. Qurilma navigatsion texnika va maxsus termal kameralar bilan jihozlandi. Qurilma turli inşootlar va hatto bir neça metr çuqurlikdagi binolar qoldiqlarini ham aniqlaşga qodir bölib çiqdi.


Qurilma tadqiqotçilarga eski binolarning köp devorlari va poydevorlarining joylaşuvini körsata oldi. U qaçonlardir Şeyker qişloğida mavjud bölgan yertöla va quduqlar tizimini namoyiş qildi. Bu bir neça soat içida amalga oşirildi. Odatda bunday izlanişlarga olimlar köp oy vaqt ketkazişadi.
Ma'lumki, aerofotos'yomka bir neça ön yillar davomida geolog va arxeologlar tomonidan qöllaniladi. Maxsus sun'iy yöldoşlar ajoyib suratlarni muhrlaydi. Şuningdek, lizar yoki lazer datçiklar ham bor. Yuqorida qayd etilgan texnologiya va qurilmalar şubhasiz olimlarga yangi kaşfiyotlar qilişga yordam beradi. Biroq aerofotos'yomka jihozlari bilan ta'minlangan vertolyot yoki samolyotni öz tasarrufiga oliş arxeologlarga oson emas. Bunday texnika qimmat turadi, u bilan işlaş ham ança qiyin. Dronlar paydr bölganidan keyin esa olimlarga ança yengillik tuğildi. Ular öz artefaktlarini mustaqil qidirişlari mumkin. Ta'kidlaş joizki, olimlar sönggi uç yil davomida aynan dronlar yordamida Yaqin Şarq, şuningdek Janubiy Amerika va Osiyoda köp qiziq kaşfiyotlar qilişdi.












