Zamonaviy avtomobil bozoridagi vaziyat bir qaraşda turğunlik davrini yodga soladi. Turli konsernlarning dizaynerlar vaqti-vaqti bilan xaridorlarni jalb etiş uçun sinovdan ötgan usullardan foydalanişadi. Konstruktorlar esa, öşa maşinalarning texnik xususiyatlarini kuçaytirişadi. Yaqin ötmişda konstruktorlar tajribalardan umuman qörqişmaganini quyidagi 10 ta maşina misolida ham köriş mumkin. Ular bir qaraşda ğaroyib körinsa-da, har qanday avtoişqibozni öziga jalb eta oladi.

Foto: Trendymen

Messerschmitt KR175

Kuzov tomini bir kötarib maşina örindiğiga ötiriş mumkin bölganida eşikka na hojat. Messerschmitt konstruktorlari Ikkinçi jahon uruşidan keyin samolyotlar işlab çiqariş huquqidan mahrum etilgan edi. Ammo qiruvçi samolyot qiyofasi ularning qalbidan joy olganini işlab çiqqan maşinalaridan ham bilsa böladi. KR175 modeliga uruşdan keyingi Germaniyada yaxşigina talab bor edi. 

Foto: Trendymen

BMW Isetta 300

Kişini lol qoldiruvçi jihati şundaki, aynan uşbu maşina bir vaqtlar BMW konsernini kasodga uçraşdan asrab qolgan. Ayyor muhandislar ança arzon bölgan Isetta avtomobilini katta miqdorda sotişning va şu bilan Ikkinçi jahon uruşidan keyingi bozor şaroitida işlab çiqarişni saqlab qolişning uddasidan çiqişgan. 

Foto: Trendymen

Mohs Ostentatienne Opera Sedan

Bugungi kunda heç kim qaçonlardir Amerikaning Mohs avtomobil işlab çiqariş kompaniyasi bölganini bilmasa ham kerak. Uning asosçisi Bryus Mohs öşa vaqtda dunyoning «eng lyuks» sedanini işlab çiqqan edi. Maşina şunçalik ham nafis işlangan ediki, eşigi yöq edi. Buning örniga yukxona eşigiga maxsus zinapoya örnatilgan va qizil yölakça bilan qoplangan edi.