Yevroittifoq 2016 yilda şamol energiyasidan 36 milliard yevro oldi. Şuningdek, Yevropadagi WindEurope sanoat guruhi şamol energetikasi 236 ming iş örini bilan ta'minlagani va şamol energetikasi bilan boğliq mahsulotlarning 8 milliard yevrolik eksportiga olib kelganini hisoblab çiqdi, deb yozmoqda Slean Technica.
WindEurope asosiy ğoyasi şamol energetikasi nafaqat ekologiyaga, balki iqtisodiyotga ham ta'sir körsatişini körsatib berişdan iborat bölgan hisobotni e'lon qildi. 2016 yilda şamol energetikasi hissasiga 36 milliard yevro töğri keldi – Yevroittifoq umumiy YaIMdan 0,26. Hisobotda aytilişiça, şamol – iqtisodiyot uçun energiyaning oqilona manbasi. Hamda Yevropa bu faktga bezak bermoqda.
Biroq hisobotning yozilişida iştirok etgan ekspertlarning ta'kidlaşiça, muvaffaqiyatni oşiriş hamda uşlab turiş uçun davlat tomonidan aniq va prognoz qilinuvçi harakatlar talab etiladi. Faqatgina şu holatda sanoatning rivojlanişi kafolatlanadi. Davlatning faol iştiroki bilan, tegişli dasturlar bölganida. Öz navbatida qayta tiklanuvçi energiya masalasidagi aniqlik sarmoyadorlarni xotirjam qiladi, ularning pullari esa sohaga kirib kela boşlaydi.
Şamol energetikasi muvaffaqiyatini mustahkamlaş hamda uni yanada rivojlantiriş uçun maqsad qöyiş kerak – YeIda 2030 yilga kelib energiyaning heç bölmasa 35 foizi faqat qayta tiklanuvçi manbalardan olinişi lozim. Agarda bunday topşiriq davlat darajasida berilsa, şundan keyin yangi tadqiqotlar, yangi texnologiyalar ham keladi. Bularning bari qöşimça iş örinlari paydo bölişi va iqtisodiy ösişni taqdim etadi.
Şu bilan birga, Yevropaning ba'zi davlatlari qayta tiklanuvçi energiyani işlab çiqiş böyiça ança yaxşi natijalarni körsatmoqda. Yaqinda nemislar energiya keragidan ortiq işlab çiqarilgani tufayli uning uçun pullarni ortga qaytariş imkoniyatiga ega böldilar. Oktyabr oxirida esa Yevropa şamol energiyasi işlab çiqariş böyiça öz rekordini yangiladi. Yevropa mamlakatlari elektr energiyasining törtdan bir qismini şamol qurilmalaridan oldi. Işlab çiqarilgan elektr energiyasi 197 million uy xöjaligini ta'minlaşga yetardi.












