Qatar amiri Tamim ibn Hamad Ol Soniy Fors körfazining arab davlatlari hamkorligi Kengaşining (Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni) 5-6 dekabr kunlari davomida Kuvaytda ötkaziladigan sammiti uçun taklif oldi. Bu haqda Qatar axborot agentligi xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinişiça, Qatar rahbariga oliy darajadagi sammitda iştirok etiş uçun Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh tomonidan taklifnoma yöllangan.

Bundan avvalroq Kuvayt matbuoti 5-6 dekabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan sammitga tayyorgarlik köriş uçun duşanba kuni Fors körfazi davlatlari Taşqi işlar vazirlari iştirokida yiğiliş ötkazilgani haqida xabar tarqatgandi. Bu yiğiliş yakunlari böyiça rasmiy bayonot berilmadi.

Qayd etiş kerakki, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA keyingi oylar davomida Qatarni boykot qilib kelmoqda. Bu ziddiyatni hal etiş uçun Kuvayt vositaçi hisoblanadi. Bahrayn TIV rahbari Qatarning taşkilotdagi a'zoligini muzlatib qöyiş taşabbusi bilan çiqqandi. Uşbu orol davlat qiroli esa ziddiyat bartaraf etilmaguniça, sammitda iştirok etmasligini ma'lum qilgandi. Qatar amiri esa öz navbatida mintaqa davlatlarini inqirozdan çiqişni istamayotganlikda ayblagan.