Navbatdagi uik-endda futbol muxlislarini nimalar kutmoqda? «Tribuna» Yevropa çempionatlarida navbatdagi turlar oldidan asosiy öyinlar anonsini taqdim etadi.
NAPOLI – YuVeNTUS (1 dekabrdan 2 dekabrga ötar keçasi, 00:45)
Katta öyinlar noodatiy tarzda bugundan boşlanadi. Jumadan şanbaga ötar keçasi Italiyada nafaqat turning, balki mavsumning eng markaziy öyinlaridan biri bölib ötadi.
Nihoyat A Seriyada «Yuventus» odatlangan barqarorlikni namoyiş qila oladigan kuç paydo böldi va «Napoli» turnir jadvalida turinliklarni 4 oçkoga ortda qoldirib ketmoqda. Natija nuqtai nazaridan neapoliklar «Mançester Siti», «PSJ» kabi jamoalar qatorida bölsalar-da, Italiyada raqobat yanada yuqoriroq tempda bölib ötmoqda, ya'ni birgina mağlubiyat bilan «Napoli» peşqadamlikni «Inter»ga topşirib qöyişi va «Yuventus»ni öziga minimal masofada yaqinlaştirib qöyişi mumkin.
Çempionlar Ligasida qiyin ahvolda qolgan Sarri şogirdlari bor e'tiborlarini endi Skudettoga qaratişlari tabiiy va buning uçun eng jiddiy raqibini mağlubiyatga uçratiş talab etiladi. Uxlab qolmang.
PORTU – BeNFIKA (1 dekabrdan 2 dekabrga ötar keçasi, 01:30)
Portugaliya çempionatining eng markaziy öyini. Çempionlar Ligasida guruhdagi barça öyinlarni boy berib, şarmandali natija qayd etiş arafasida turgan «Benfika» qatorasiga beş öyinda ğalaba qozonib, içki çempionatdagi mavqeini biroz tiklab oldi. Şu darajadaki, agar bu öyinda yutadigan bölsa, hatto 1-örinni «Portu»dan tortib olişi mumkin.
2010 yildan buyoğini olsak, jamoalar örtasidagi öyinlarda «Portu»ning ustunligi yaqqol bilinadi, ötkazilgan 21 öyindan 10tasida ular ğalaba qozonişgan. Ammo sönggi ikki uçraşuvda bir xil 1:1 hisobi qayd etilgan. Yana bir şunday hisob Portugaliyaning boşqa bir yetakçi klubi «Sporting»ga qöl kelişi va lissabonliklar turnir peşqadamiga aylanib olişlari mumkin.
UOTFORD – TOTTeNHEM (2 dekabr, 20:00)
«Tottenhem» qiyin davrni boşdan keçirmoqda. Angliya miqyosida ötkazilgan sönggi 6 öyinning atigi bittasida Poçettino şogirdlari ğalaba qozondi. U ham bölsa, turnir jadvalida sönggi poğonada borayotgan «Kristal Pelas» ustidan minimal hisobda qölga kiritildi. Natijada Poçettino jamoasi Liga Kubogidan çiqib ketdi, APLda esa, 3-örindan 7-öringa tuşib ketdi. Bunday pallada aynan «Uotford» maydoniga safar qiliş u qadar qulay emas.
Mavzuga oid
Sababi, Markus Silva şogirdlari yetakçi jamoalar bilan yomon natija qayd etmayapti. Mançester jamoalaridan uçralgan mağlubiyatlarni aytmasa, «Arsenal» mağlub etildi, «Liverpul» bilan jangovor durangga erişilgan. Hatto 3:0 hisobida oldinga çiqib olgan Mourino jamoasi ham, tizginni bir muddat qöldan çiqardi va öşa öyinni «Uotford» qutqarib qolişga ham yaqin turgandi (öyin 4:2 hisobida yakunlandi).
Peşqadam bilan oradagi farqi 16 oçkoga yetgan «Tottenhem» murabbiyi endi çempionlik uçun kuraş imkonsiz ekanini aytgan bölsa-da, kuçli törtlik u qadar uzoq (4 oçko) emas. Heç bölmasa, mana şu kuraşda qoliş uçun qiyin öyinda ğalaba qozoniş talab etiladi. «Uotford» esa, agar ğalaba qozonsa, raqiblariga oçkolar böyiça yetib olişi ham mumkin.
Odatiy turlarda balki bu öyin e'tibordan çetda qolişi mumkindir, ammo jamoalarning aynan sönggi paytlarda körsatayotgan öyinlariga urğu bersak, juda qiziqarli uçraşuv bizni kutib turibdi.
Sönggi beş öyinning törttasida ğalaba qozongan Şon Dayç şogirdlari kutilmaganda, turnir jadvalida kuçli oltilikka kirib olişga muvaffaq böldi va qiziği, bunga qaysidir ma'noda «Lester» ham yordam berib yubordi. «Tulkilar» ötgan turda «Tottenhem» ustidan ğolib çiqqandi.
«Lester» ham mavsum boşida autsayderlar orasida borgandi, ammo yangi boş murabbiy kelganidan keyin natijalar ijobiy tomonga özgardi. Ayniqsa, yuqorida tilga olingan sönggi turdagi ğalaba «Lester»ni 15-örindan biratöla 9-öringa kötarib yubordi.
Har ikki jamoa ham bir-biriga öxşaş bölgan klassik ingliz futbol uslubida töp suradi. Bu jihat ham haqiqiy britança futbol muxlislari uçun juda qiziq töqnaşuv bölişini ta'minlaşiga şubha yöq.
BAYYeR – BORUSSIYa (2 dekabr, 19:30)
«Bayyer»ning Bundesligadagi oxirgi mağlubiyati sentabr oyida sodir bölgan, aksinça, dortmundliklar esa, öşa oydan beri ğalaba nimaligini bilmay kelmoqda. Hatto, «Şalke»ga qarşi öyinda dastlabki 20 daqiqada 4:0 hisobida oldinga çiqib oliş ham, yakunda Boş şogirdlariga ğalaba qozoniş uçun yetarli bölmadi.
Bu seriyalar natijasida liverkuzenliklar «Borussiya»ni quvib ötiş uçun yaxşi şaroit yaratib oldi. Agar bu öyinda «Bayyer» ğalaba qozonadigan bölsa, beşinçi öringa kötarilib olişi mumkin.
Jamoalarning sönggi 14 uçraşuvining yarmida dortmundliklar ğalaba qozongan. Ammo ötgan yilning oktabr oyida Leverkuzenda bölib ötgan öyinda mezbonlar 2:0 hisobida ustun kelgandi.
ARSeNAL – MANÇeSTeR YuNAYTeD (2 dekabr, 22:30)
Şubhasiz, haftada Yevropaning eng markaziy öyinlaridan biri. Har ikki jamoa öyinga juda yaxşi formada kirib bormoqda. «Arsenal» APLdagi sönggi 7 uçraşuvning 6tasida ğalaba qozondi, Mourino jamoasi esa, qatorasiga uç öyinda ğalaba qozonib, oktabrdagi omadsizlikga barham berilganini körsatdi.
Faqat har ikki jamoa tarkibida jarohatlangan borligini e'tirof etiş kerak. Aleksandr Lyakazet «Haddersfild»ga qarşi öyindagi jarohati sabab, ertaga maydonga tuşa olmaydi. «Yunayted» tarkibida esa, Nemanya Matiç sönggi öyinda almaştirildi va katta ehtimol bilan bu öyinni ötkazib yuboradi.
Murabbiylar dueli haqida aytilsa, Mourinoning Vengerdan ustunligini köramiz. Sakkiz ğalaba va ikki mağlubiyat. Ammo şu bilan birga, öşa ikki mağlubiyat ham sönggi tört öyinda qayd etilganini ta'kidlaş zarur. Mourinoning katta öyinlarda asosan gol ötkazmaslikni maqsad qilayotganini seziş qiyin emas. Arsen Venger uşbu öyin oldidan raqibining öta himoyaviy öyin körsatmasligini istayotganini yaşirmadi.
Agar Angliyada bu mavsumda kuzatilayotgan top öyinlarga e'tibor qaratsak, mehmonlarning muvaffaqiyatsiz ekanini köramiz. Top-6 orasida ötkazilgan 12 öyindan atigi 2tasida mehmonlar ğalaba qozongan. Ulardan biri (Tottenhem – Çelsi) «Uembli»da, ya'ni deyarli neytral maydonda ötganini ham unutmaslik kerak. Himoyani esdan çiqargan paytda esa, yirik hisoblar ham qayd etilgan. Bu faktor haqida portugaliyalik mutaxassis ham bilişi tabiiy.
Mehmonlarda bir kiçik ustunlik bor – «Mançester Yunayted» avvalgi öyinini raqibiga nisbatan bir kun oldin ötkazdi, ertangi öyin uçun tiklanişga bir kun köproq vaqtga ega böldi.
ATLeTIK – ReAL (2 dekabrdan 3 dekabrga ötar keçasi, 00:45)
Jamoalar örtasidagi sönggi 12 öyinning 10tasida «Real» ğalaba qozongan, göyoki, bu safar ham ğolibni oldindan taxmin qiliş osondek körinadi. Ammo öşa öyinlarning, ayniqsa Bilbaodagi töqnaşuvlarning qanday kuraşlar ostida ötganini körib borgan bölsangiz, bugun ham «Atletik»da imkoniyat borligini ayta olasiz.
«Real»ning Bilbaoda oson ğalaba qozonişi oxirgi marta 2013 yilda sodir bölgandi. Şundan keyingi öyinlarda ikki marta «Real» minimal hisobda ğalaba qozongan, bir marta durang qayd etilgan, 2014/15 yilgi mavsumda esa, Adurisning goli mezbonlarga ğalaba keltirgan. Şuningdek, «Real» La Ligadagi sönggi ikki safar öyinida ğalaba qozona olmaganini ham eslatib ötiş kerak.
Ötgan turda peşqadamlarning özaro durang öynaşi «Real»ga qöl keldi va «Barselona» bilan oradagi farq 8 oçkoga qisqardi. Ammo El-klasikogaça intrigani uşlab turiş uçun, «Real» öz öyinlarining barçasida ğalaba qozonişi şart böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi