Aralaş yakkakuraş jang san'atlari ustasi Anvar Boynazarov (2-2-0) şu yilning 1 dekabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida “GLORY” çempionlik kamari uçun ringga çiqadi. Bu haqda havaskor va professional Kikboksing federatsiyasi KUN.UZ’ga ma'lum qildi.
Muay tay böyiça 2 karra jahon çempioni Boynazarov amerikalik Kevin van Nostrandga (4-1-0) qarşi ringga kötariladi. Boynazarov 4 jangidan 1 tasini nokaut bilan yakunlagan bölsa, uning raqibi 5 jangidan 2 tasini muddatidan avval tugatişga muvaffaq bölgan.

Eslatib ötamiz, özbekistonlik sportçi 28 oktabr kuni Fransiyaning Lion şahrida ötkazilgan «GLORY 47» musobaqasida finalgaça yetib kelgan edi.











