Apple kompaniyasi 2018 yilda 9,7 dyuymli displeyga ega, unça qimmat bölmagan iPad'ni işlab çiqaradi. DigiTimes şu haqida xabar berdi. 

Insayderlarning ma'lum qilişiça, kompaniya planşetlar sotuv sur'atini qöllab turişni rejalaştirmoqda. Hozirga kelib, kupertinoliklar bir çorakda 10 million planşet sotişmoqda. Biroq planşetlar bozori şunday qurilganki, iste'molçilar ularni smartfonlardan kamroq özgartirişadi. Şu bilan birga, Apple kompaniyasi Samsung, Amazon, Huawei va Lenovo tomonidan jiddiy raqobatni his qilmoqda. 

Hamyonbop iPad'ni işlab çiqariş rivojlanayotgan bozorlarda muvaffaqiyat keltirişi mumkin - masalan, Hindiston yo Xitoyda. Şuningdek, amerikaliklar öz devayslarini korporativ sektor böyiça taklif qilişmoqçi. 

Qurilma taqdimoti kelgusi yilning ikkinçi yarmida bölib ötişi kutilmoqda. Taqdimotning  WWDC-2018 işlab çiqaruvçilarining iyun oyidagi konferensiyasida röy berişi ehtimoldan xoli emas.