Xitoyning neftegaz sohasidagi PetroChina kompaniyasi mamlakat şimoli-şarqida yirik neft zaxiralarini aniqladi. Bu haqda «Sinxua» xabar tarqatmoqda.
Kompaniyaning Şinjon-Uyğur muxtor hududidagi filiali ma'lumotiga köra, zaxiralar miqdori 1,24 mlrd tonnaga teng.
PetroChina geologi Tan Yunning ma'lum qilişiça, bu hududda yana 1 mlrd tonnaga yaqin neft zaxiralari bölişi mumkin.
Bundan avvalroq Andijon viloyati Buloqboşi tumani hududida tabiiy gaz zaxiralari topilgani haqida xabar berilgandi.












