Mamlakatda inson manfaatlari oliy qadriyat sifatida qaraladi. Inson salomatligini asraş, muhofaza qiliş davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir. Salomatlikni mustahkamlaşda dori-darmon vositalari ham muhim ahamiyatga ega.

Ammo, ming afsuski, sifati kafolatlanmagan, inson ruhiyatiga kuçli ta'sir körsatuvçi, şifokor retseptisiz berilmaydigan dori-darmon vositalarini noqonuniy ravişda sotiş yöli bilan mömay daromad orttirmoqçi bölgan şaxslar hamon uçrab turibdi.

Yaqinda Davlat bojxona qömitasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi xodimlari Toşkent şahar Davlat soliq boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Özbekiston hududiga muqaddam aylanma yöllar orqali olib kirilgan köp miqdordagi “Lirika” nomli dori vositalarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyişdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ötkazilgan tadbir davomida, “Şarnod” MÇJga qaraşli dorixona sotuvçisi fuqaro F.Ismatullayev mijozga 2 dona “Lirika 300 mg.” nomli dori vositasini har bir donasini 18 000 sömga nazorat kassa apparati çekisiz va şifokor retseptini talab qilmasdan sotayotganligi foş etildi.

Şundan keyin uşbu dorixona belgilangan tartibda közdan keçirilganda, dorilar sotilayotgan peştaxtaning pastki qismida 7 dona va dorixona içkarisining öng tomonida joylaşgan xonadagi stol tortmasi içidan jami 126 dona xorijiy mamlakatlarda işlab çiqarilgan “Lirika 300 mg.” nomli dori vositalari borligi aniqlandi. Uşbu aniqlangan jami 135 dona dorilarning qiymati 2 430 000 sömni taşkil etdi.

Foto:Davlat bojxona qömitasi  Axborot xizmati

Şunga öxşaş yana bir holatda Toşkent şahar bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari Milliy xavfsizlik xizmati hamda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida “Tramadol” dori vositasining oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçi bir guruh şaxslar faoliyatiga çek qöyildi.

Inson salomatligiga ta'sir qiluvçi bu kabi dori vositalarini jamoat joylari, turli kafe va restoranlarda xufiyona sotiş orqali yaxşigina daromad orttirib kelayotgan fuqarolar M.Ş.Avazov, Ya.I.Babaxanov, A.A.Melibayevlar endi qonun oldida javob berişadi.

Poytaxtning Çilonzor tumanida uşbu şaxslar 201 ta konvalyutadagi, jami 2010 dona “Tramadol” dori vositalarini 3.050.000 söm evaziga noqonuniy ravişda sotayotgan vaqtda qölga olindi.