OPeKga yanvardan boşlab BAA energetika vaziri Suhail al-Mazruiy prezidentlik qiladi. Bu haqda OPeKning amaldagi prezidenti, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al-Falih ma'lum qildi.

“Mening OPeK prezidenti lavozimidagi muddatim yakunlanmoqda va Suhail al-Mazruiy bir ovozdan OPeKning keyingi anjumalariga prezident etib saylandi. U öz majburiyatlarini 2018 yil 1 yanvardan bajarişni boşlaydi”, deb ma'lum qildi al-Falih matbuot anjumani vaqtida.   

OPeK+ kelişuvida iştirok etgan neft qazib oluvçi davlatlar 30 noyabrdagi uçraşuvda neft qazib oliş hajmini qisqartiriş böyiça kelişuvni yana 9 oyga – 2018 yil oxirigaça uzaytirişga kelişib olişdi. 

OPeKga kiruvçi va unga kirmaydigan davlatlar (OPeK+) 2016 yil oxirida Venada neft qazib oliş hajmini umumiy hisobda kuniga 1,8 mln barrelga qisqartirişga kelişib olişgandi. Kelişuv 2017 yilning birinçi yarim yilligiga tuzilgan edi, may oyida esa yana 9 oyga – 2018 yil mart oyi oxirigaça uzaytirilgandi.