Hozirda Rossiya Federatsiyasi (RF)da 22 mingga yaqin özbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Bu MDH mamlakatlari orasidagi eng yuqori körsatkiçdir. KUN.UZ muxbiri RF Prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar böyiça boşqarmasi boşliği Çernov Vladimir Aleksandroviç bergan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

"Ikki mamlakat hududlararo munosabatlari yangi bosqiçga çiqdi. Bugunga kelib, Özbekistondagi viloyatlar bilan Rossiya Federatsiyasining 70dan ziyod sub'yektlari hamkorlik qilmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalar rivoji yölida qator işlar amalga oşirilmoqda. Şuningdek ikki mamlakat örtasidagi yoşlar - talabalar örtasidagi aloqalar alohida diqqatga sazovordir. Hozirda Rossiyada 22 mingga yaqin özbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Bu MDH mamlakatlari orasidagi eng yuqori körsatkiçdir", - deydi RF Prezident apparati vakili. 

Uning sözlariga köra, joriy yildagi eng diqqatga sazovor tadbirlardan biri Moskva şahrida Nukus javohiri bölgan Savitskiy nomidagi davlat muzeyning avangardçi-rassomlar ekspozitsiyasining oçilişi bölgan. Şuningdek Özbekistonda Rossiya kunlari va Rossiyada Özbekiston kunlarining ötkazilişi ham an'anaga aylanayotgani tahsinga sazovordir. 

"2017 yilning sentabrida Rossiya poytaxtiga Özbekistondan eng yangi tarixdagi eng yirik ijodiy delegatsiya taşrif buyurdi. Şunisi quvonçliki, Özbekiston fuqarolarining aksariyati uçun rus tili tuşunarli va talabgor tilligiça  qolmoqda. 

Ötgan çorak asr davomida umumiy tarix boğlab turuvçi mamlakatlarimiz birgalikda köp yutuqlarga erişişdi, oldinda yana qiladigan işlarimiz ham talaygina. Bugungi uçraşuvimiz ikki mamlakatning keyingi munosabatlarida muhim rol öynaydi", - deya sözlariga yakun yasadi Çernov.