Özbekiston Adliya vazirligi rahbari Ruslanbek Davletov yaqin qarindoş yoki özining sudlanganligi işga olişda tösqinlik qilmasligi uçun yangi me'yor işlab çiqilganini bildirdi. Unga köra, yaqin qarindoşi yoki özi sudlangani munosabati bilan işga qabul qilmaslik holatlariga yöl qöymaslik maqsadida Mehnat kodeksining 78-moddasiga taqiqlovçi normani kiritiş böyiça qonun loyihasi işlab çiqildi. Adliya vaziri ÖzA muxbiri bilan suhbatda şu va boşqa köplab masalalar haqida söz yuritdi.
“Boş qomusimizda birinçi örinda inson, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burçlari, undan keyin davlat organlari, ularning huquq va majburiyatlari öz aksini topgan, – deydi R.Davletov. – Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etilişi davlat organlarining xalqimiz oldida mas'ulligidan dalolat beradi”.
Davlat rahbarining har bir harakati, fikr va mulohazalari, ayniqsa “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan sözlari, Konstitutsiyaning 2-moddasidagi qoidaning yorqin amaliy ifodasidir. Özbekiston Konstitutsiyasining 2-moddasida qayd etilganidek, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar.
Xalq bilan muloqotning yangi konsepsiyasi e'lon qilinişi, Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari taşkil etilişi, uni boşqariş uçun yaxlit vertikal tizimning joriy etilişi, şuningdek, fuqarolarning dunyoqaraşini butunlay özgartirgan muvaffaqiyatli faoliyati, bularning barçasi şunday katta ahamiyatga ega böldiki, köplab olimlar va ekpertlar mazkur yangi fenomen sohadagi nazariy asoslarni qayta körib çiqişni taqozo qilayotganini ta'kidlamoqda.
Adliya vazirligi tizimida inson huquqlarini himoya qiliş izçil yölga qöyilgan. Joriy yilning 9 oyi mobaynida adliya idoralariga bu yönalişda 3,2 mingga yaqin jismoniy va yuridik şaxs murojaat qildi. Ularning aksariyati qanoatlantirilib, mingga yaqin şaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Fuqarolar manfaatlarini közlab sudlarga 440 da'vo arizasi hamda aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan 180 ma'muriy va 11 jinoiy javobgarlikka tortiş yuzasidan takliflar kiritildi.
Ötkazilgan monitoring va nazorat tadbirlari davomida tegişli idoralarga kiritilgan taqdimnoma va ogohnomalar natijasida 46 noqonuniy hujjat ijrosi töxtatildi va bekor qilindi. 527 mansabdor şaxs tegişli intizomiy jazoga tortildi. Şulardan 84 nafari egallab turgan vazifasidan ozod etildi.











