Futbol böyiça Germaniya terma jamoasi boş murabbiyi Yoaxim Lyovning ma'lum qilişiça, jamoa uçun Rossiyadagi Jahon çempionati-2018da favorit maqomi muammo tuğdirmaydi.

«Bizni har bir musobaqadan avval favorit deb hisoblaşadi, şuning uçun bunga könikib qoldik, bu muammo emas, biz bu borada asabiylaşmaymiz. Ha, biz favoritmiz, biroq bunday jamoalar köp - Ispaniya, Argentina, Braziliya, Fransiya», - deya Lyovning sözlarini keltiradi TASS.

Mutaxassisning sözlariga köra, guruhdagi boş raqobatçi Meksika terma jamoasi sanaladi.

«Bu jahondagi eng yaxşi terma jamoalardan biri. Ha, biz ularni Konfederatsiyalar kubogida mağlubiyatga uçratdik, biroq öşanda tezkor ikkita gol urişning uddasidan çiqqandik. Endi esa umuman boşqaça öyin böladi», - deya aytib ötdi murabbiy.

Ma'lumot uçun, Germaniya terma jamoasiga F guruhida Şvetsiya va Janubiy Koreya terma jamoalari ham qarşilik körsatadi.