1 dekabr kuni Toşkentdagi «​Ilhom»​ teatrida UNICEF tomonidan «Aktivatsiya» (Faollaştiriş) tadbiri taşkil etildi. Tadbirda nogiron bölişiga qaramay, hayotda öz örnini topib, muvaffaqiyatga erişayotgan insonlar öz keçmiş va tajribalarini atrofdagilar bilan bölişdi. 

Ma'ruzaçilarning har biri öz hikoyasi, hayot yöli va boşdan keçirgan qiyinçiliklari bilan örtoqlaşdi. Ular orasida birinçi bölib sözga çiqqan közi ojiz Abdulla Abduxalilovning hayot yöli barçaga saboq böla oladi: 

«​Bugun sizlarga hayotimda juda katta ahamiyat kasb etgan oddiy sözlar haqida hikoya qilmoqçiman. Men boşlanğiç sinfda öqiganimda eng «​ikkiçi»​ öquvçi bölganman. Tengdoşlarim bemalol, xatosiz öqiş-yozişni bilişganida, men öqişni 3-sinfda örgandim. Şu vaqtda, köpçilik öqişni töxtatişni maslahat bergan edi. Ba'zilar esa «​Kelinglar, bu bolaga darslarni tingladi»​ degan guvohnoma beramiz»​ degan fikrni bildirişgan. Hozirda heç kim mening nufuzli oliygohlarning birida katta öqituvçi ekanligimga işonmasa kerak»​. 

Qahramonimiz: Abdulla Abduxalilov – Özbekiston Milliy universitetining ijtimoiy fanlar fakulteti katta öqituvçisi. Yoşligida Közi ojizlar maktabida tahsil olgan. U film tomoşa qilişni, falsafa mavzularida suhbatlaşişni yaxşi köradi. Şuningdek, u ajoyib raqsga ham tuşadi. 

Foto: Abdulla Abduxalilov/Kun.uz

«​Menga öşa vaqtlarda ikki inson çin köngildan işondi: mening otam va onam! Maktabda menga hujjatni berib, darslardan çetlatiş masalasi kötarilganda, onajonim (Mastura aya) «​Öğlim şu maktabda oltin medalni qölga kiritadi, mana körasizlar»​, deb aytganlar. Tabiiyki, hamma bu gapdan kulib yuborgan edi. Qanday qilib, öqiş, yozişni 3-sinfda arang uddalay olayotgan bola oltin medalni olişi mumkin? Ha, ular albatta, mantiqan fikrlaş böyiça haq edilar. 

Men maktabni bitirdim, ammo oltin medal bilan emas.  Biroq, universitetga kirgaç, öqişimda ijobiy özgarişlar boşlandi. Törtinçi bosqiçga ötganimda esa oltin medal sohibiga aylandim»​, deya qayd etdi Abdulla Abduxalilov öz nutqida. 

Qarangki, imkoniyati çeklangan bölişiga qaramay, Abdulla Abduxalilov tanlagan sohasining mutaxassisiga aylana oldi, tengqurlari qatori bilim olib, bir vaqtlar onasining bildirgan işonçini haqiqatga aylantirdi. 

«​Sovrinni olib, uyga qaytganimda onamga «​Oltin medal esingizdami? Mana sizga maktabning emas, universitetning oltin medali»​, deya sovğani berdim. Onam esa juda oddiy, biroq inson uçun muhim, ta'sirli bölgan sözlar bilan şunday javob qaytardilar: «​Men senga işongan edim. Eng muhimi, senga işonişda davom etaman!»​, deydi u.