Argentina prokuraturasi “Barselona” hujumçisi Lionel Messining akasi Matias Orasio Messining hibsga olinişiga order berdi. Bu esa u qayiqda sayrdan qaytgandan keyin yuz bergan. Qayiqda qon izlari aniqlangan. 

Matias Orasio Messi 29 noyabrda Lionelning ona şahri Rosariodan 35 km uzoqlikda joylaşgan Figera şahridagi xususiy baliq ovlaş klubiga kelgan. Sun naşrining ta'kidlaşiça, u xavfsizlik xizmati xodimiga qayiq sohilga urilganda yuzini kesib olganini aytgan, söngra uyiga jönagan.
  
Ta'kidlanişiça, huquq-tartibot idoralari xodimlari qayiqni közdan keçirib, qon izlarini, keyinroq esa öqotar qurol aniqlaşgan. Rosario prokurori Xose Luis Katerina politsiyaçilarga Messining akasi uyini tekşiriş körsatmasini bergan, biroq Matias Orasioning qayerdaligini aniqlaşning iloji bölmagan. 

Avval ham Messining akasi öqotar qurolni noqonuniy saqlaşda ayblangandi. Öşanda sud 34 yoşli Matias Orasioni axloq-tuzatiş işlarini bajarişga majbur qilgan. Hukmga köra, Matias Messi haftasiga 4 soat “Rosario” klub tizimida futbol böyiça saboq berişi kerak bölgan.