Angliya Premer-ligasining 15-turida «Arsenal» va «Mançester Yunayted» klublari bellaşdi.
Öyinning taqdiri dastlabki 10 daqiqa içida hal böldi. «Arsenal» himoyaçilarining qöpol xatosidan söng, Valensiya va Lingard yordami bilan «MYu» ikkita gol urişga erişdi.
Şundan söng, «Arsenal» taşabbusni qölga olib, katta kuç bilan hujum uyuştirdi. Biroq, darvozabon De Xea juda köp vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi.
Ikkinçi bölim boşida, Lyakazett hisobni qisqartirdi. Biroq, 63-daqiqada «Aresnal» qarşi hujumni ötkazib yubordi va Lingard yana bir marta mezbonlarni xafa qildi.
74-daqiqada Beleringa nisbatan qöpolligi uçun Pol Pogba maydondan çetlatildi. Öyin oxiriga qadar, «Arsenal» katta kuç bilan hujum uyuştirgan bölsa-da, «MYu» kerakli hisobni uşlab qolişga erişdi.
Bu natijadan söng, «MYu» 35 oçko töplab, çempionat jadvalida 2-örinda boryapti. «Arsenal» 28 oçko bilan 5-örinda qoldi.
APL, 15-tur
Arsenal – Mançester Yunayted - 1:3 (0:2, 1:1)
2 dekabr, «Emireyts» stadioni
Gollar: 0:1 – 4 Valensiya, 0:2 – 11 Lingard, 1:2 – 49 Lyakazett, 1:3 – 63 Lingard.
Arsenal – Çex, Mustafi (Ivobi, 15), Monreal, Kolaşinats (Jiru, 76), Koselni, Özil, Remzi, Sançes, Çaka (Uelbek, 70), Belerin, Lyakazett.
Mançester Yunayted – De Xea, Smolling, Roxo, Valensiya, Lindelef, Pogba, Yang, Matiç, Lingard (Darmian, 76), Marsial (Errera, 67), Lukaku.
Ogohlantirişlar: Roxo (58), Belerin (72), Koselni (87), Sançes (89), Errera (89)
Çetlatiş: Pogba (74).












