Afsonaviy britan guruhi “Bitls”ning sobiq a'zosi Pol Makkartnining Aston Martin DB5 avtomobili 2 dekabrda Londondagi Bonhams auksion uyida 1 mln 345 funt sterlingga (1 mln 812 ming dollar) sotildi.
Makkartniga tegişli bölgan kumuşrang Aston Martin 1964 yilda işlab çiqarilgan. Uning raqamida 64 MAS yozuvi bölib, u maşinaning işlab çiqarilgani yili va afsonaviy musiqaçi familiyasining boş harflarini anglatadi.
Auktsionda, şuningdek, “Bitls” a'zolari bilan boğliq yana bir maşina sotildi. Bu 1966 yilda işlab çiqarilgan Austin Mini Cooper 'S' modeli bölib, u avval Liverpul guruhining menejyeri Brayan Epstaynga, söngra barabançisi Ringo Starrga tegişli bölgan. Bu maşina 102 ming funt sterlingga (138 ming dollar) sotildi.
Auktsionda bir vaqtlar qöşiqçi Elton Jonga tegişli bölgan Bentley S2 Continental Flying Spur maşinasi 180,7 ming funt sterlingga (243 ming dollar) sotildi.















