«Mançester Yunayted» darvozaboni David de Xea APLning 15-turida «Arsenal»ga qarşi keçgan va 3:1 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyin qahramoniga aylandi. Ispaniyalik uşbu darvozabon öz darvozasiga kirib ketayotgan 14 zarbani bartaraf etdi, uning qahramonliklari evaziga jamoa birinçi bölimni ikki gol ustunligi bilan yakunladi - 2:0. 

De Xea bu öyinda özini körsatiş orqali Premer-liganing tarixiy rekordini takrorladi — bungaça bitta öyinda 14 seyv italiyalik Vito Mannone niderlandiyalik Tim Krul tomonidan amalga oşirilgandi. 

Umuman, öyin davomida «Arsenal» raqib darvozasi tomonidan 33 marta zarba berdi, şundan 15tasi aniq zarba. De Xea faqat Aleksandr Lyakazettning zarbasini qaytara olmadi.