NASA olimlari 1977 yilda koinotga uçirilgan “Voyajyer-1” sayyoralararo kemasini yana işga tuşira olişdi. Qiziği, kema hozir Yerdan 20 mlrd kilometrdan uzoqroq masofada joylaşgan. Bu haqda NASA saytida ma'lum qilindi.

Oxirgi marta kema dvigateli 1980 yilda işga tuşirilgan. “37 yil işlamagan bu dvigatellar bilan biz “Voyajyer-1” koinot kemasi xizmat qiliş muddatini yana 2-3 yilga uzaytira olamiz”, deb aytgan NASA xodimi Syuzanna Dodd.

Dvigatellarni kemani uning antennalari Yerga qaraydigan qilib töğrilaş uçun qöllaş rejalaştirilmoqda. Kemaga Yerdan uzatilgan signal 19 soatu 35 daqiqada yetib borgan.  

Dvigatellarni yoqişga buyruq 28 noyabrda berilgan. Bu topşiriq muvaffaqiyatli amalga oşgani keyingi kunga, kemadan javob olingandan keyin ma'lum bölgan. Olimlar bu jarayonni amalga oşiriş uçun kemaning eskirib qolgan dasturlaş tilida yozilgan dasturiy ta'minoti haqidagi hujjatni örganib çiqişdi. 

Stantsiya dastlab Yupiter va Saturn sayyoralarini örganiş uçun möljallangan bölgan. Kema bu sayyoralar yöldoşlarini batafsil suratga olgan birinçi qurilma bölgan. Kemaning Yupiter bilan maksimal yaqinlaşişi 1979 yil 6 iyunda yuz bergan.

2013 yil sentabrda NASA kema Quyoş tizimi sarhadlarini tark etib, yulduzlararo böşliqqa kirgan ilk sun'iy yöldoş bölganini e'lon qilgan. Stantsiya bortida özgasayyoraliklar uçun sayyoramizning joylaşgan örni körsatilgan hamda bir neçta tasvir va tovuşlar yozilgan oltin plastina bor.