«Formula-1»ning «Mersedes» jamoasi piloti Lyuis Hemilton Autosport Awards har yilgi marosimida ikkita sovrin sohibiga aylandi, deb xabar bermoqda RT.
Hemilton tomoşabinlarning ovoz berişi jarayoni yakunlari böyiça 2017 yildagi eng yaxşi poygaçi nominatsiyasida ğalaba qozondi. Şuningdek u britaniyalik eng yaxşi poygasi deb e'tirof etildi.
Şu tariqa Hemilton yilning eng yaxşi poygaçisi nomini beşinçi marta qölga kiritdi.
Eslatib ötamiz, Lyuis Karl Devidson Hemilton (ingliz. Lewis Carl Davidson Hamilton) 1985 yilning 7 yanvar kuni tuğilgan bölib, jahonning tört karra çempioni sanaladi - 2008, 2014, 2015 va 2017 yilda. Ayni vaqtda u dunyodagi eng yaxşi poygaçilardan biri bölib turibdi.












