Jamiyat | 13:30 / 04.12.2017
18414
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston sobiq muftiysi ikki xotinlikka chaqirgani uchun davlatdan chiqarilmadi

Foto: KirTAG

Qirg‘iziston sobiq muftiysi ikki xotinlik bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqani sababli mamlakatdan chiqarilmadi. Bu haqda KirTAG Chubak Jalilovning himoyachisi Akin To‘ktaliyevga tayangan holda xabar bermoqda.

"Chubak Jalilov sog‘lig‘ining holati tufayli Qozog‘istonga davolanish uchun ketishi kerak edi, biroq uni chegaradan chiqarishmadi, u mamlakatdan chiqib ketishi mumkin emasligini aytishdi. Shundan so‘ng u Cho‘lpon-Otaga, sanatoriyda davolanish uchun jo‘nab ketdi. U yerdan esa Jalilovni Bishkekka olib kelishdi va 6 soat davomida so‘roq qilishdi", - deya aytib o‘tdi u.

Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, militsiya bu borada raddiya berishni so‘ragan. "Biroq u rozi bo‘lmadi, hamda odamlar badavlat kishilarda ikkinchi xotin, ulardan farzandlar borligini yaxshi bilishi haqida aytib o‘tdi. Ularning huquqlari ham himoya etilishi lozim. Ular ham buni rasman tan olishsin. Agarda men qonunni buzgan bo‘lsam, meni qonun bo‘yicha sud qilinglar", - deya Jalilovning so‘zlariga izoh bergan himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston jamoatchiligi sobiq muftiy Chubak Jalilovning videoyozuvini muhokama qilmoqda, unda Jalilov haqiqatdan ham ikkinchi marta uylanganini tan olgan. "Ha, men uylandim, biroq birinchi rafiqam bilan ajrashmadim. U, albatta, xafa bo‘ldi, biroq uning bunga huquqi bor", - deya aytib o‘tdi Jalilov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi xotini – beva bo‘lib, bunga qadar Turkiyada ishlagan. "Men uylanishni xohlamadim, biroq boshqalar uchun o‘rnakka aylanmoqchi bo‘ldim, agarda o‘zim boshlamasam, unda kim qiladi?", - deya ma'lum qilgan Jalilov.

Mavzuga oid