Maxsus reportaj: Biz bilmagan ulkan qalb sohiblari
|00:50 / 04.12.201772 03510 min
1 dekabr kuni UNICEF tomonidan “Aktivatsiya” tadbiri taşkil etildi. Unda nogiron farzandni tarbiya qilayotgan insonlar, hayoti bevosita nogironlar bilan işlaşga boğliq bölgan taniqli şaxslar va imkoniyati çeklangan bölişiga qaramay, muvaffaqiyatga erişib kelayotgan insonlar öz hikoyalari bilan sözga çiqişdi.
Şahnoza Ikromova, Imkoniyati çeklangan bolalar uçun inklyuziv rivojlaniş markazlari asosçisi
“Tuğuruqxonalarda farzandli bölgan ayollarga şifokorlar aytuvçi birinçi söz juda muhim sanaladi. Men birinçi farzandimni dunyoga keltirganimda, öğlim daun sindromi bilan tuğilganini aytişgan. Men bu kasallik qanday bölişini, nima qilişimni bilmagan edim. Xayriyatki, baxtimga madaniyatli şifokorlar uçradi va ular menga barçasi yaxşi bölişini ta'kidlaşdi. Şundan boşlab, men farzandimga özim ğamxörlik qila boşladim.
Biroq şunday insonlar borki, ular tuğuruqdan söng darhol yoş onaning qaynonasi yoki turmuş örtoğiga bu kasallik bilan tuğilgan bolalarni kelajagidan umid yöqligini aytişadi. Aytingçi, şifokorlar tahlil natijalarini ötkazmay turib, taşxis qöyişi mumkinmi? Tuğuruqxonalardan töğri mehribonlik uylariga kelib qoluvçi bolalarning taqdiriga kim javobgar? Qalbi öksik bölib, oilasidan ayriluvçi yolğiz ayollarning hayoti qanday keçadi? Mening fikrimça, şifokorlarning taşxis e'lon qilişi böyiça etika kodeksini işlab çiqiş vaqti keldi”.
Asosiy faoliyati biznes bölişiga qaramay, Şahnoza Ikromova daun sindromiga çalingan bolalarning ota-onalarini qöllab-quvvatlovçi guruh raisi, ijtimoiy loyihalar, xalqaro anjumanlarning faol iştirokçisidir.
Nodira Tillayeva, hisobçi, “Mehribonlik” nogironlar jamiyati qoşidagi yoşlar markazining faol a'zosi
“Nogironlar boşqalarning yordamiga muhtoj bölmasligi uçun ham işlaşi kerak. Men Nogironlar jamiyatida işlayman. Oyligim va nafaqam kam bölgani uçun qöşimça iş qidirişga harakat qildim. Çunki, maoşimning asosiy qismi yöl kira xarajatlariga ketib qolardi. Öylab-öylab, öquv markazlarining birida hisobçilikni örganişga qaror qildim.
Öqişni tamomlagaç, iş qidira boşladim. Biroq meni işga olişga ikki narsa xalaqit berardi: birinçisi - I guruh nogironi bölganim, ikkinçisi yetarliça tajribam yöqligi. Iş izlab, qiynalganimni körib, dadam meni öz firmasiga işga oldi. Mana hozir boş hisobçiga aylandim. Inson agarda astoydil harakat qilsa, albatta, niyati ijobat bölar ekan. Insonlrga doim yordamim tegsa, xursand bölaman”.
Mavzuga oid
Nodiraning sözlariga köra, agarda nogironlar uçun jamoat joylari, transport vositalari va köçalarda barça şart-şaroitlar yaratilganida edi, ular mamlakat rivoji uçun öz hissalarini qöşişi, hayotda öz örnini topişi va aholi orasida xotirjam yaşaşga imkoni bölar edi.
Navbatdagi qahramonimiz Sevara Mirsidiqova Közi ojiz bolalar maktabida tahsil olganiga qaramay, bu uning mahoratli musiqaçi bölib yetişişiga tösqinlik qilmadi. Kelajakdagi katta orzusi - nafaqat gözal musiqalarni ijro etiş, balki özi ham mustaqil asarlarini yaratişdir. Hozirda u Toşkent Davlat Konservatoriyasining birinçi bosqiç talabasi va köplab xalqaro tanlovlar ğolibidir.
“4 yoşimda musiqaga çeksiz muhabbat paydo bölgan. Men özimni ojiza deb hisoblamayman, men musiqani eşita olaman va kuy yarata olaman. Men uçun ranglar – bu notalar, jilo esa – uyğunlikdir. Musiqa qalbda yaşaydi, uni közlar bilan körib bölmaydi, aynan musiqa tufayli men özimning boşqalardan ajralib turişimni his etmayman”.
Elvira Ligayning nutqi barçani öziga maftun etdi. Sababi, bu til biz odatiy tinglaydigan zabondan farq qilsa-da, çiroyli imo-işoralar bilan juda samimiy edi... Elvira Eşitiş imkoniyati çeklangan bolalar maktab-internatida tahsil olgan. Hozirda u Zaif eşituvçi bolalar uçun möljallangan 101-maktabda jismoniy tarbiya fanidan dars beradi.
Katta muvaffaqiyati: Yaqindagina Elvira Janubiy Qozoğiston Davlat universitetining jismoniy tarbiya-defektologiya fakultetiga öqişga qabul qilindi.
“Kar va soqov farzandlari bor ota-onalarning barçasiga murojaat qilaman: aslo qayğurmang! Bolalaringiz uçun kuraşing. Qolgan bolalar kabi ularga ham barça narsani örgating. Ularning ta'lim olişi uçun barça imkoniyatlardan foydalaning. Ular şunçaki eşita olişmaydi, ularning tili özgaça. Boşqa barça narsalarda ular eşitadigan bolalardan qolişmaydi”, deya qayd etadi Elvira.
Aziza Karimova daun sindromi bilan tuğilgan qizaloqning onasi. Robiya boşqa tengdoşlaridan farqli ölaroq, öz fikrlarini erkin bildira oladi, turli mavzularda suhbatlaşadi.
“Biz farzandimizni berkitmadik, unga boşqa farzandlarimiz kabi munosabatda bölib, oilamizning teng huquqli a'zosi sifatida kördik. Ota-onalar uçun eng muhimi – öz farzandlarini qabul qilişi, axir aynan ularning munosabati jamiyatning qanday qabul qilişiga ham bevosita ta'sir körsatadi”, deydi Robiyaning onasi Aziza Karimova.
Global miqyosdagi hisobotga köra, 93 millionga yaqin bolalar qisman yoki oğir nogironlik kasalliklari bilan yaşaydi. Köplab mamlakatlarda nogiron bolalar oğir şaroitlarda kun keçirişadi. Masalan, qaşşoqlikda yaşaydigan bolalar na ta'lim olişga, na muntazam tibbiy körikdan ötişga imkon topa olişadi.
“Nogiron bolalarning muammolarini ijtimoiy muhokamaga olib çiqiş orqali biz tegişli şaxslarni imkoniyati çeklangan insonlarning şart-şaroitlaridan boxabar qilişimiz, ularning barça imkoniyatlardan foydalaniş uçun teng huquqi borligini bildirişimiz mumkin”.
Saşa Graumann, UNICEF’ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari
Tadbir yakunida hayotini imkoniyati çeklangan bolalar va insonlar huquqini tarğib qilişga bağişlagan, BMTning nogironlar muammolari böyiça birlaşgan dasturi koordinatori Yana Çiçerina sözga çiqdi va öz tajribasi, faoliyatida duç kelgan ayrim ibratli voqealar haqida hikoya qildi.
“Hayotda “Biz” va “Ular” degan tuşunçalar yöq. Imkoniyati çeklangan va çeksiz imkoniyatga ega insonlar ham mavjud emas. Şuningdek, alohida ehtiyojlarga muhtoj insonlar ham yöq! Har bir kişiga yaqinlari va döstlari, ularning sevgisi kerak, birovlarning qistovi bilan majburiyat yuzasidan qilingan qaror emas, balki qiyinçilik bilan erişib bölsa-da, özi tanlagan qiziqarli öqişi va işi kerak. Barçaga erkinlik va ijod, mustaqil harakatlaniş muhiti kerak.
Insoniyat – bu bir butun organizmdir. Oyoğingiz oğrib turganda, qölingizni heç narsa bölmayotgandek his eta olmaysiz. Yonimizdagi odamlar kamsitilganda, bu bizga ham daxl qilmay qolmasligining heç qanday iloji yöq. Çunki barçamiz bir-birimizga boğliqmiz. Farovon va baxtiyor bölişi uçun insoniyat barçani va har bir insonni hisobga olişi lozim”, deydi Yana Çiçerina öz nutqida.
Bolaligim, yana senga qaytsam edi...
Şodiya Saidqosimova - imkoniyati çeklangan bölişiga qaramay, gözal şe'rlar bitadi, ijtimoiy loyihalarda köngilli sifatida iştirok etadi. U akademik litseyning filologiya yönalişini tamomlagan. Yaponiya rivojlaniş markazida ham öqigan. Hozirda u sevimli rafiqa va ona.
Şodiya 1 dekabr kuni UNICEF tomonidan ötkazilgan “Aktivatsiya” tadbirida faol iştirok etib, barça mehmonlarni özining çiroyli şe'ri bilan lol qoldirdi.
Qani endi, yopsam kuygan kulçalarim,
Çopib yurgan sariq tuproq köçalarim,
Oymomani orzu qilgan keçalarim?
Keçalari yulduz sanab yotsam edi,
Bolaligim, yana senga qaytsam edi.
Buvim ösma qöygan qoşim barno hamon,
Soçim tortib qoçar edi darsda Omon.
Maktab çoğim soğindimku seni yomon.
Dugonamni eşigida kutsam edi,
Bolaligim, yana senga qaytsam edi.
Alamlardan kipriklarim nam emasdi,
Dunyo topib, töymas közim kam demasdi.
Yuzim kulib, iç-etimni ğam yemasdi.
Öyinlarim ğalabasin totsam edi,
Bolaligim, yana senga qaytsam edi.
Soğinaman. Yuragimga toş botadi,
Ortga yöl yöq. Qaytolmayman. Boş qotadi.
Şodiyani közidagi yoş sotadi.
Qöğirçoğim quçib alla aytsam edi,
Bolalikka yana bir bor qaytsam edi.
Şodiya juda köp şe'rlar bitganki, ularni yiğib, bir neça kitoblar naşr qiliş mumkin. Uning maqsadlari, rejalari köp, eng muhimi - sevimli oilasi hamişa yonida. Biz esa oramizda qalbi orzularga töla, samimiy şoira borligidan xursandmiz.
Darvoqe, yuqoridagi misra ham bugungi kunda öz qöşiği uçun mazmunli şe'r topa olmayotgan ayrim xonandalarga juda yaxşi asqotişi mumkin.
Bugun sahna minbariga çiqib, öz hayot haqiqatini barçaga baralla ayta olgan insonlar çinakam tahsinga sazovor. Zero, ularning har biridan bugungi kunga bölgan şukronalikni, hayot bölgan muhabbatni va heç qaçon ortga çekinmaslikni örganiş mumkin. Atrofimizdagi imkoniyati çeklangan, xasta insonlarga şafqat yoki açiniş hissi bilan qaraşni töxtataylik. Ularga qölimizni berib, birgalikda bir butun jamiyat qurişga yordam beraylik. Çunki ularda bugungi kunda odamlar orasida kamayib borayotgan bağrikenglik, samimiylik va sabr-toqat xislatlari bisyordir...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi